Turobov Shaxriddin Nasritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Texnogen chiqindilardan vanadiy ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish va yaratish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2490.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnogen chiqindilardan vanadiy ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vanadiy katalizatorlarini piro- va gidrometallurgik qayta ishlashning asosiy texnologik parametrlari aniqlangan;
po‘latni modifikatsiyalash mahsulotini olish uchun vanadiy tarkibli chiqindilarni tiklovchi kuydirishning asosiy omillari aniqlangan;
qattiq fazali tiklash yo‘li bilan mis toshqollari flotatsiyasi chiqindilaridan va toshqollardan temir olishning asosiy qonuniyatlari asoslangan;
past haroratli tiklash yo‘li bilan toshqol flotatsiyasining chiqindilari va toshqollardan temirni kompleks olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
pechlarda uglerodli koks va ko‘mir bilan temirni tiklashning optimal rejimi aniqlangan;
texnogen chiqindilardan olingan vanadiy va temir asosida pirometallurgiya usulida vanadiy qotishmasi bilan modifikatsiyalangan 110G13L po‘lat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Texnogen chiqindilardan vanadiy ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chiqindi vanadiy katalizatorlaridan vanadiyni qaytarish va ajratib olish yo‘li bilan temir ishlab chiqarishning takomillashtirilgan yangi texnologik sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Markaziy mexanik ta’mirlash zavodi Ferroqotishma ishlab chiqarish bo‘limida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 9 dekabrdagi AS-010096-son ma’lumotnomasi). Natijada, 110G13L markali po‘latdan olingan quyma detallarning xususiyatlarini va ularning umrboqiyligini 20%ga oshirish imkonini bergan;
mis eritish zavodi sul`fat kislota ishlab chiqarish sexining ishlatilgan vanadiy katalizatorlarini kuydirishdan so‘ng tanlab eritish orqali vanadiyli qotishma olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Markaziy mexanik ta’mirlash zavodi Ferroqotishma ishlab chiqarish bo‘limida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 9 dekabrdagi AS-010096-son ma’lumotnomasi). Natijada, temir tarkibli chiqindilardan tiklash usuli orqali temirni va sul`fat kislota ishlab chiqarish sexining ishlatilgan vanadiy katalizatorlaridan 86-88 % vanadiy ajratib olish imkonini bergan.