O‘tashev Yolqin Ishnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Al30-interkalirlangan montmorillonitni olish va uning kolloid-kimyoviy xususiyatlari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K450.
Ilmiy rahbar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmatkarieva Firuza Gayratovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Al30-interkalirlangan montmorillonitni olish va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyumosilikatlar va Al13 hamda Al30 polioksokationlari asosida interkalirlangan sictemalarni olish usullari ishlab chiqilgan;
tarkibida Al30 yirik kationlarini tutgan eritma saqlashda barqarorligi bilan farq qilib, Al13 eritmasi uchun 30 soatdan keyin cho‘kma tushishi xosligi va bu polioksokationlarining o‘ziga xos tuzilishlari aniqlangan;
polioksokationlar tarkibi va tuzilishining interkalirlangan sistemalar tekstur va fizik-kimyoviy xususiyatlariga hamda intekalirlanish jarayonining unumiga ta’siri aniqlangan;
Al13 va Al30 kationlarini pillarlash montmorillonitning Cr2O72- ionlariga nisbatan adsorbsion faolligini mos ravishda 1,52 va 2 marotaba oshishi, bu esa anion almashinuvchi adsorbsion markazlarining ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
pillar MM-metilen ko‘ki sistemasida adsorbsion muvozanatni ta’riflash uchun Lengmyur tenglamasidan, qizil kongoli sistema uchun Freyndlix tenglamasidan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
Al30 polioksokationlari interkalirlangan montmorillonit namunalari uglevodorodli aralashmalarni oltingugurtli birikmalardan tozalash uchun samarali adsorbent bulib, tozalash samaradorligi 92% dan ortishi va oltingugurt konsentratsiyasi esa 10 mg/kg gacha kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Montmorillonitni alyuminiy polioksokationlari bilan interkalirlash orqali yuqori g‘ovakli adsorbentlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Al30-pillar montmorilloniti yordamida benzinni oltingugurtli birikmalardan tozalash usullari «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan(«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 10 dekabrdagi 01-08/324-son ma’lumotnomasi). Natijada, pillar adsorbentlar asosida benzinni oltingugurtli birikmalardan 90,9% gacha tozalash imkonini bergan;
Al30-pillar montmorilloniti yordamida dizel` yoqilgisini oltingugurtli va smolasimon birikmalardan tozalash usullari «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning2021 yil 10 dekabrdagi 01-08/324-son ma’lumotnomasi). Natijada, pillar adsorbentlardan foydalanish yuqoridagi aralashmalardan tozalash ko‘rsatkichini 90% orttirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish