Rasuljonov Abduraxmon Ravshanbek o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osma pluglarning haydash chuqurligini barqarorlashtiradigan osish qurilmasi va tayanch g‘ildiragining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2130.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xudoyarov Anvarjon Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osma pluglarning haydash chuqurligi bo‘yicha barqaror yurishini ta’minlash yo‘li bilan erlarga ishlov berish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3-4 sinfdagi g‘ildirakli haydov traktorlari bilan agregatlanadigan osish qurilmasi va tayanch g‘ildiragining parametrlari hamda ramada joylashish holatini keng oraliqda o‘zgartirish imkoniyatiga ega osma plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan; 
plug osish qurilmasining parametrlari uning belgilangan haydash chuqurligiga botishi va shu chuqurlikda barqaror harakatlanishi hamda ularga tuproqning fizik-mexanik xossalari va agregat harakat tezligining salbiy ta’siri kamaytirilishi hisobga olingan holda asoslangan;
plug tayanch g‘ildiragining parametrlari va ramada joylashish o‘rni uning tuproqqa botish chuqurligi haydov chuqurligining mavjud agrotexnika talablarida belgilangan chetlanishidan kichik bo‘lishi lozimligidan kelib chiqib asoslangan;
plug tayanch g‘ildiragining diametri va to‘g‘inining kengligi hamda agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Osma pluglarning haydash chuqurligini barqarorlashtiradigan osish qurilmasi va tayanch g‘ildiragining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan haydash chuqurligi barqarorlashtirilgan osma plugning tajriba nusxasi Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani «MALIKA AGRO TRADE» fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/023-3282-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu plugdan foydalanilganda, haydash chuqurligi 35,3 cm va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi ± 1,28 cm, kamrash kengligi 132,9 cm va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi ± 5,32 cm bo‘lgan.
ishlab chiqilgan haydash chuqurligi barqarorlashtirilgan osma plug Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani «Agro Bioxolding» MChJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/023-3282-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu plug belgilangan texnologik jarayonni ishonchli va sifatli bajardi va hamda uning ish ko‘rsatkichlari agrotexnika talablariga to‘liq javob bergan; ushbu plug erlarni shudgorlashda keng foydalanishga tavsiya etilgan. 
ishlab chiqilgan haydash chuqurligi barqarorlashtirilgan osma plugning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/023-3282-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega haydash chuqurligi barqarorlashtirilgan osma plugni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish