Raximova Mexribon Abduxolisovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2 PhD/Ped989.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Mahbuba Yusubjanovna, pedagogika fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish tuzilmasi kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholovchi va xulq-atvorga doir komponentlarning individual va shaxslararo hamda ichki va tashqi omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish darajalari (undovchi, baholovchi-refleksiv, qabul qiluvchi, integrativ, improvizatsiyali) o‘zini tushunish, o‘ziga (Men-obraz, Men-konsepsiya), tengdoshlar guruhiga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga (ta’lim, muloqot, jamoat) munosabat shakllari ta’sirchanligi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasi mazmunini tanlashning didaktik parametrlari va jarayonli-tashkiliy asoslari umumpedagogik (ishchanlik o‘yinlari, kooperativ, refleksiv, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, art) texnologiyalar, o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan; 
bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya birligi va ana shu bosqichlarni har birida ijtimoiy ko‘nikmalarning o‘ziga xos tarzda shakllanib borishini aks ettiruvchi interfaol mashqlarni tizimli qo‘llashga yo‘naltirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik tizimi ta’lim oluvchining refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash  orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish tuzilmasini kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholovchi va xulq-atvorga doir komponentlarning individual va shaxslararo hamda ichki va tashki omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Tarbiya” fanini o‘qitish konsepsiyasi, ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 19 maydagi 01/11-03/-03-627-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish darajalarini o‘zini tushunish, o‘ziga, tengdoshlar guruhiga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini baholash va o‘lchash tizimi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 19 maydagi 01/11-03/-03-627-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda ijtimoiy kompetentlikni baholashga doir kompetensiyalar matrisasi, axloqiy sifatlar va hayotiy ko‘nikmalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumpedagogik texnologiyalar, o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasi mazmuni va jarayonli-tashkiliy asoslarini, bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya birligi va ana shu bosqichlarning har birida ijtimoiy ko‘nikmalarning o‘ziga xos tarzda shakllanib borishini aks ettiruvchi interfaol mashqlarni tizimli qo‘llashga yo‘naltirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan №A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 19 maydagi 01/11-03/-03-627-son ma’lumotnomasi). Natijada umumpedagogik, xususiy-metodik va lokal texnologiyalar asosida o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish