Sidikov Abdulaziz Abdumanop o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Natriy xlorati, karbamid, nitrat monoetanolammoniy, sul`fat va nitrat trietanolammoniylar asosida samarali defoliantlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2459.
Ilmiy rahbar: Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaqulov Xolto‘ra Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Isabaev Zikrilla, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: natriy xloratning monokarbamidi, sul`fat trietanolammoniy, nitrat kislotasiining mono va trietanolammoniyli tuzlari asosida fiziologik faolikka ega yangi samarali defoliantlarni sintez qilish va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriy xlorati, karbamid, sul`fat trietanolammoniy, nitrat kislotasining mono va trietanolammoniyli tuzlaridan iborat sistemalarda komponentlarni o‘zaro eruvchanligi va «tarkib-xossa» diagrammalari yaratilgan;
sistemalarda uchta yangi birikmalarning hosil bo‘lish maydonlari konsentratsiya va harorat oraliqlarida chegaralanib, kimyoviy, fizik-kimyoviy usullar orqali mavjudligi isbotlangan;
olingan «NitroDEF» defolianti kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar yordamida tarkibida 38% NaClO3, 21% CO(NH2)2 va 3.4% N-MEA saqlashi aniqlangan;
natriy xlorat monokarbamid, sul`fat trietanolammoniy, nitrat mono va trietanolammoniylari asosida samarali defoliantlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Natriy xlorat monokarbamidi, nitrat monoetanolammoniy va sul`fat trietanolammoniylardan fiziologik faol xossaga ega defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy xlorat monokarbamidi va sul`fat trietanolammoniy asosida olingan defoliant Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentabrdagi 02/025-3926-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning o‘rta tolali navlariga preparat bilan ishlov berilgandan keyin barglarning to‘kilishi 89,4% va ko‘saklarni ochilishi 90,1 % bo‘lgan, samarali defoliatsiya qilish imkonini bergan;
natriy xlorat monokarbamidi va nitrat monoetanolammoniylar asosidagi defoliant Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentabrdagi 02/025-3926-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning o‘rta tolali navlariga preparat bilan ishlov berilgandan keyin barglarning to‘kilishi 88,6% va ko‘saklarni ochilishi 91,4 % bo‘lgan, samarali defoliatsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish