Nurullaeva Nodira Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jing‘il (Lycium L.) turkum turlarining morfobiologiyasi va foydalanish istiqbollari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B358.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lycium L. turkum turlarining morfobiologik xususiyatlarini asoslash va ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati sharoitida Lycium L. turkumi turlari urug‘larining laboratoriya va dalada unuvchanligi aniqlangan, qalamchalaridan ko‘paytirish usullari ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyati sharoitida turkum turlari ontogenezining davr va bosqichlariga bog‘liq holda o‘sish-rivojlanishi va morfobiologik xususiyatlari ochib berilgan;
turkum turlarining gullash biologiyasi, urug‘ mahsuldorligi aniqlangan;
turkum turlari mevalarining kimyoviy tarkibi, miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lycium L. turkumi turlarining ko‘paytirish va morfobiologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Lycium L. turkumi turlarini ko‘paytirish hamda etishtirishning optimal me’yorlari Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari o‘rmonchilik va fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 03/21-3666-son ma’lumotnomasi). Natijada, 6,5 ga maydonda ko‘chatzorlar tashkil etish va o‘rmon ho‘jaligi erlari bioxilmaxilligini oshirish imkonini bergan;
jing‘il turkum turlari tabiiy populyasiyalari holatini monitoring qilish natijasida tuzilgan GAT xaritalar Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 04-02/8-2824-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi fermer xo‘jaliklarining 1,5 ga toshloq, unumsiz erlarida bu o‘simlikni ko‘paytirish orqali tuproq eroziyasini oldini olish hamda tarqalish areallarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish