Axmadjonov Ilhomjon Luhmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qum va tuproqlarda struktura hosil qiluvchi suvda eruvchan polimerlar yaratish va ularning kolloid-kimyoviy xossalari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K401.
Ilmiy rahbar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chma qum va tuproqlarda struktura hosil qiluvchi, suvda eruvchan polimerlarni sintez qilish va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polidispers qum tizimida mavjud kanallarning ekvivalent diametri qiymatlari 3,42-3,91*10-2 mm ni tashkil qiladi, bunda qum tizimi uchun mustahkamlash jarayonlarida tortishish kuchini hisobga olish zarurati isbotlangan;
ko‘chma qumlarni gomogen va geterogen tizimlar bilan mustahkamlash imkoniyatlari: mustahkamlanish jarayonlari kinetikasi va plastik mustahkamlik o‘zgarishini tahlili, mustahkamlovchining gravitatsion yoki kapilyar kuchlar ta’sirida bo‘shliqda erkin oqim hosil qilib yutilishi bog‘lovchi turiga, shuningdek qumning tarkibiga bog‘liqligi aniqlangan;
OPAN va MKAA gidrolizlanish jarayoniga turli omillarning ta’sirida, yuqori struktura hosil qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan biriktiruvchi qo‘shimchalarni olish uchun maqbul sharoitlari: gidroliz tizimining pH darajasi 12-13,5; birinchi bosqich (1 soat) harorati 65-70oS, so‘nggi bosqichda (1-1,5 soat) 90-95oS aniqlangan;
natriy gidroksidi va natriy silikat bilan gidrolizlanganda, jarayon unimi Na-OPAN va NaSi-OPAN namunalari uchun mos ravishda 43,2 va 41,9% eng yuqori kiymatlarga ega bo‘lib, bunda  kislota soni qiymati sovunlanish va -COONa gruhining shakllanishi hisobiga nisbatan pastroq qiymatlarga 118 va 168 mg/g ega ekanligi aniqlangan;
qumlarga NaSi-MKAA (KSi-), Ca-MKAA, NaSi-OPAN, Sa-OPAN namunalarini singdirish mustahkamlikni oshishiga olib keladi, KMS eritmasini singdirish esa, aksincha kamayishiga, shuningdek Na-MKAA eritmasi uchun to‘yinganlik kaeffisenti qiymatlari K-MKAA; Na-OPAN; gipan va KMS namunalardan mos ravishda 1,12; 1,34; 1,47 va 1,48 marta katta ekanligi  bu eritmaning bog‘lovchi sifatida ortiqcha ekanligini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
PAN chiqindilari asosida polimer mustahkamlovchilarni olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
PAN chiqindilari va distiller suyuqligi asosida olingan Ca-OPAN biriktiruvchisi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” UKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 29 noyabrdagi 02/18-2563-son ma’lumotnoma). Natijada, qumlarni mustahkamlash uchun suvda eruvchan polimerni yaratish bilan birga, distiller suyuqligidan foydalanish imkonini beradi;
Ko‘chma qum va tuproqlarni mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan biriktiruvchi kompozisiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 29 noyabrdagi 02/18-2563-son ma’lumotnoma). Natijada, ko‘chma tuproq va qum disperslari yuzasida mustahkam struktura hosil bo‘lishi bilan bir qatorda, respublikamiz cho‘l hududlari ekologik muammolarini bartaraf etish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish