Ishankulov Alisher Farmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tiol stabilizatorlar bilan modifikatsiyalangan gibrid CdSe/ZnS kvant nuqtalar sintezi va optik-o‘lcham xossalari», 02.00.04 - Fizik kimyo, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K362.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalol, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tiol stabilizatorlari bilan modifikatsiyalangan gibrid CdSe/ZnS kvant nuqtalarni lyuminessent-spektral xossalarining o‘lchamga bog‘liqligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tiol guruhi saqlagan dodekantiol-1, merkaptopropion kislotasi, L-sistein, dodesil digidrolipoat kislota efiri bilan barqarorlashtirilgan gibrid “yadro-qobiq” tizimli CdSe/ZnS kvant nuqtalari modifikatsiyalashtirilgan;
kvant nuqtalar va ular klasterlari yutilish, lyuminessent hamda fluoressent spektrlarining zarracha o‘lcham parametrlariga yuqori korrelyasion bog‘liqlikda ekanligi aniqlangan;
gibrid tizimli CdSe/ZnS kvant nuqtalarida olein kislotaning boshqa barqarorlashtiruvchilarga almashtirishlishi kvant o‘numi quyidagi qatorda oshib borishi (merkaptopropion kislota L-sistein  dodesil digidrolipoat kislota efiri  dodekantiol trioktilfosfin) aniqlangan;
ilk bor CdSe, CdSe/ZnS va “CdSe/ZnS+stabilizator” tizimli kvant nuqtalar klasterlarining barqarorligi hamda optik xossalari kvant-kimyoviy jihatdan baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tiol stabilizatorlar bilan modifikatsiyalangan gibrid CdSe/ZnS kvant nuqtalar sintezi va optik-o‘lcham xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
CdSe/ZnS kvant nuqtalarning optik-o‘lcham xossalari №OT-F2-30 “Organik bo‘yoqlarning biologik ob’ektlar va metallar nanozarrachalari bilan komplekslarining fotonikasi” mavzusidagi ilmiy loyihada metallar nanozarrachalarining organik bo‘yoqlar bilan komplekslarini aniqlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 8 noyabrdagi 10-4434-son ma’lumotnomasi). Natijada, metallar nanozarrachalarining organik bo‘yoqlar bilan klasterlarini olish va ularning optik-o‘lcham xossalarini aniqlash imkonini bergan;
“CdSe/ZnS+stabilizator kvant nuqtalari yordamida oqava suvlar tarkibida sintetik bo‘yoqlarni identifikatsiyalash” usuli “AHMAD ISROIL TEX” MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“AHMAD ISROIL TEX” MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 2021 yil 26 avgustdagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi sintetik buyoqlar miqdorini monitoring qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish