Abduraximov Quyoshbek Suvonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2046.
Ilmiy rahbar: Ismadiyarov Yashin Utkirovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligi kasbiy faoliyatni motivatsion, kognitiv va faoliyatli refleksiv darajalarini gnosologik negizini tashkil etuvchi hamda pedagogik faoliyat samaradorligini axborot-boshqaruv, dasturiy-texnik, texnologik, kreativlik tamoyillarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi vektoriga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarni axborot kompetentligini rivojlantirish jarayonida modelli ijtimoiy-madaniy moslik, raqamli boshqaruv, xalqaro menejment tamoyillari, metodik, emperik va baholovchi boshqaruv tashxis imkoniyatlari yaratilgan “Innovatsion menejment” elektron ilova vositasida rahbar faoliyatida sabab-oqibat xarakteridagi aloqalarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining axborot kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari Basket metod, maqsadlar daraxti, tipologiya metodi, morfologik quti, qarorlar qabul qilish shajarasi, aniqlashtiruvchi savollar hamda o‘zini-o‘zi baholash va individual rivojlantiruvchi audio-psixologik treninglar va topshiriqlar majmuini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
rahbar kadrlarning axborotlar bilan ishlash kompetentligi darajasini baholash mezonlari axborot kommunikatsion texnologiyalaridan ijodiy, innovatsion va kreativ xarakterdagi ishlanmalarni tayyorlash, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini o‘zlashtirish, virtual ta’lim muhitini tashkillashtirish, tarmoq va global internet tarmoqlari vositasida kasbiy faoliyatni tashkil etish masalalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
OTM rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy jarayonlarini me’yoriy-huquqiy axborotlar bilan ishlash, ta’lim sifati va innovatsiyalarni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarish, rahbar kadrlarda raqamli kompetensiyani rivojlantirish yo‘nalishlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-son “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlarning malakasini oshirish jarayonida raqamli texnologiyalarni tatbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
rahbar kadrlarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish modelining kognitiv asosini aniqlashtirish, malaka oshirish kursi tinglovchilarida AKT vositasida pedagogik kreativlikni namoyon qilish malakasi barqaror namoyon bo‘lishini bevosita hisobga olish, innovatsion boshqarishning kognitiv va empirik asosi sifatida rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Menejmetr-kontrolling” texnologiyasini takomillashti-rishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv modullarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlarning malakasini oshirish kurslari o‘quv modullari mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
OTM rahbar kadrlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini baholash mezonlarini aniqlashtirish, boshlang‘ich, o‘rta, yuqori darajalarga asoslanuvchi nazorat-baholash tizimini refleksivlik bilan qayta aloqaga kirishuvi adaptivligini hisobga olishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan MV-OT-2019-23 “Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” (2019-2021 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini baholash jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish