Tairova Madinabonu Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha kasbiy tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Ped1623.
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Akramov Xusniddin Muhiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA qoshidagi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha kasbiy tayyorlash jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash jarayonlari samaradorligini aniqlash indikatorlari talabalarning refleksiv faoliyati shakllarini  identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv darajasiga hamda integratsiya jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash shartlariga asosan takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid kasbiy tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari ta’lim sifati indikatorlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash jarayonlari didaktik ta’minoti talabalarning faol tadqiqotchilik va refleksiv faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan, dual ta’lim tizimiga asoslangan elektiv kurslarni maqsadli joriy etish vositasida boyitilgan;
bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash modeli motivlashtirish jarayonlarini tashkil etishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha kasbiy tayyorlash jarayonlarini takomillashtirishga doir olingan natijalar asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha kasbiy tayyorlashda pedagogik kreativlik ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, kasbiy faoliyatning refleksiv shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integratsiyasini barqaror ta’minlashga doir takliflardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” moduli mazmunan matematik bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy materiallar bilan boyitilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid kasbiy tayyorlash jarayonlarini majmuaviy-texnologik yondashuv asosida takomillishtirishga doir taklif va tavsiyalardan A-5-37. “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediyali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida dastlabki matematik tushunchalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha kasbiy tayyorlash jarayonlariga o‘yin texnologiyalarini adaptiv qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan A-1-41. “Kasbga tayorlash, qayta tayorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv-ishlab chiqarish tizimida milliy an’anaviy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta`lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” (2015-2017 yy.) amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash jarayonlari metodik ta’minoti boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish