Bayboboeva Firuza Nabijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt816.
Ilmiy rahbar: Kabilov Sharif Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘ofurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy xavfsizlik omillarini nazariy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarida tadbirkorlik faoliyatiga tahdidlarni oldindan baholash hamda ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan maxsus tadbirlarni belgilash orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash taklifi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati iqtisodiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy tavsifdagi xatarlarning oldini olishga yo‘naltirilgan moliyaviy boshqarish yondashuvi asoslangan;
iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi tahdidlar majmuini iqtisodiy jarayonlar, xo‘jalik faoliyatida ishtirok etuvchi sub’ektlar hamda tashkiliy elementlari jihatidan alohida guruhlarga tasniflash orqali ularning oldini olish jarayonlari samaradorligini ta’minlash asoslangan;
Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosida yetakchi tarmoq va sohalar bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari savdo aylanmasi hajmining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarida tadbirkorlik faoliyatiga tahdidlarni oldindan baholash hamda ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan maxsus tadbirlarni belgilash orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 11 avgustdagi 6/05-16-6738-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyati Savdo-sanoat palatasining tasarrufidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hududiy dasturlar samaradorligini ta’minlashga erishilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati iqtisodiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy tavsifdagi xatarlarning oldini olishga yo‘naltirilgan moliyaviy boshqarish yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 11 avgustdagi 6/05-16-6738-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi kichik biznesga ixtisoslashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlash omillari va uning mexanizmlarini takomillashtirish imkonini berib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 2020 yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga o‘sishni tashkil etgan;
iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi tahdidlar majmuini iqtisodiy jarayonlar, xo‘jalik faoliyatida ishtirok etuvchi sub’ektlar hamda tashkiliy elementlari jihatidan alohida guruhlarga tasniflash orqali ularning oldini olish jarayonlari samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo- sanoat palatasining 2021 yil 11 avgustdagi 6/05-16-6738-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyati Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarini xizmat ko‘rsatishning sifat darajasi 9 foizga hamda ishlab chiqarish salohiyatini 7 foizga oshirish imkonini bergan;
Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosida yetakchi tarmoq va sohalar bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari savdo aylanmasi hajmining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 11 avgustdagi 6/05-16-6738-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasining 2030 yilga qadar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni asosiy ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasi oshirishga erishilgan.