Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizining
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida resurs tejamkorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt461.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04.
Ilmiy rahbar: Nabiev Dilmurod Xamidullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Qosimov Saidaxrol Magrupovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaipnazarova Zumrat Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalarida resurs tejamkorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida optimal ishlab chiqarish hajmini aniqlashga imkon beruvchi «maxsus baholash shkalasi» (0.000 ≤   ≤ 0.330 –omillarning ikkilamchi ta’sir darajasi past; 0.331 ≤   ≤ 0.660 – omillarning ikkilamchi ta’sir darajasi o‘rtacha; 0.661 ≤   ≤ 1.000 – omillarning ikkilamchi ta’sir darajasi yuqori) asosida resurs tejamkorlik mexanizmi samaradorliligini baholash usuli takomillashtirilgan;
«SIRDARYO BEST FASHION» mchjda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida tegishli ikkilamchi resurslarni (material chiqindilarni) qayta ishlagan holda suyuq devor qog‘ozi (jidkie oboi) uchun xomashyo sifatida tayyorlab, uni qurulish sanoati korxonalariga etkazishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«BETLIS TEKSTIL» mchjda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda «sintetik tolali innovatsion materiallar»dan foydalanish xomashyo resurslar sarfi tejamkorligini oshirib, mahsulot eksporti jarayonida etkazib berish xarajatlarini  qiskartirishi asoslab berilgan;    
«BETLIS TEKSTIL» va «SIRDARYO BEST FASHION» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida ishlab chiqarilgan mahsulot xajmini o‘zgarishiga korxonalarning asosiy fondlari qiymati, ishchi xodimlar soni, mahsulot ishlab chiqarishda xomashyo sarfi ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalarida resurslar tejamkorligini tashkiliy–iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida optimal ishlab chiqarish hajmini aniqlashga imkon beruvchi “maxsus baholash shkalasi” asosida resurs tejamkorlik mexanizmi samaradorliligini baholash mezoni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «BETLIS TEKSTIL» mas’uliyati cheklangan jamiyatida va «SIRDARYO BEST FASHION» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 26 fevraldagi 02/06-796-son ma’lumotnomasi). Natijada «BETLIS TEKSTIL» mas’uliyati cheklangan jamiyatida foyda xajmini 2019 yilga nisbatan  4 % ga, «SIRDARYO BEST FASHION» mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasida foyda xajmini 2019 yilga nisbatan  5 % ga oshishi ta’minlangan;
«SIRDARYO BEST FASHION» MChJda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida tegishli ikkilamchi resurslarni (material chiqindilarni) qayta ishlashgan holda jitkiy aboy uchun xomashyo sifatida tayyorlab, uni qurulish sanoati korxonalariga etkazib berish bo‘yicha  ilmiy-amaliy  tavsiya  va  takliflari amaliyotga tadbiq etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 26 fevraldagi 02/06-796-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, «SIRDARYO BEST FASHION» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayonida resurslaridan samaraliroq foydalanishga imkon yaratadi.  Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi korxonada 97 mln. so‘mlik resurs tejamkorligi imkonini bergan;
«BETLIS TEKSTIL» MChJda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda «sintetik tolali innovatsion materiallar»dan foydalanish xomashyo resurslar sarfi tejamkorligini oshirib, mahsulot eksporti jarayonida etkazib berish xarajatlarini qiskartirishi bo‘yicha berilgan takliflari «BETLIS TEKSTIL» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «SIRDARYO BEST FASHION» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatida amaliyotga jorish etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 26 fevraldagi 02/06-796-son ma’lumotnomasi). Natijada «BETLIS TEKSTIL» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2020 yilning birinchi choragida ishlab chiqarilgan mahsulotlari 2019 yilning shu davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga nisbatan 1,5 % ga kamaytirilishiga erishilgan;
«BETLIS TEKSTIL» va «SIRDARYO BEST FASHION» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida ishlab chiqarilgan mahsulot xajmini o‘zgarishiga korxonalarning asosiy fondlari qiymati, ishchi xodimlar soni, mahsulot ishlab chiqarishda xomashyo sarfi ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari korxonalar faoliyatini  strategik  rivojlantirish  amaliyotiga  joriy  etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 26 fevraldagi 02/06-796-son ma’lumotnomasi). 2020–2025 yillar kesimida to‘qimachilik  korxonalarining resurs tejamkorligi strategiyalari ushbu prognoz ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish