Norov Shuxrat Suvonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining tarixiy shakllanishi va tajribasi (Navoiy viloyati misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar.542.
Ilmiy rahbar: Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Raupov Sohib Saidovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Navoiy viloyatida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining tajribasi, tarixi va shakllanishining asosiy bosqichlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillarida yoshlarga oid davlat siyosati va yoshlar tashkilotining maqsad va vazifalari, yoshlar dunyoqarashidagi hududiy spesifik xususiyatlarni hisobga olgan holda ularga yondashuv mexanizmi, avlodlar almashuvi sharoitida yangi tarixiy bosqichga o‘tish bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarning mazmun mohiyati Navoiy viloyati misolida ochib berilgan;
Navoiy viloyatining o‘ziga xos hududiy xususiyatlari va salohiyati Respublikadagi boshqa mintaqalar bilan qiyosiy taqqoslanib, viloyatda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish imkoniyatlari, tuprog‘i unumdor bo‘sh erlarning hisobiga qishloq xo‘jaligida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ushbu sohada yangi ish o‘rinlarini yaratishga keng sharoit yaratilayotganligi dalillangan;
uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlashda mahalliy hokimiyat, Yoshlar ittifoqi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla instituti), nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish zarurligi dalillangan;
so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarning ijobiy natijalari Navoiy viloyatining chekka hududlaridagi Tomdi, Konimex, Nurota tumanlari yoshlari misolida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining tarixiy shakllanishi va tajribasi (Navoiy viloyati misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
viloyatda xususiy qishloq xo‘jaligi tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida bo‘sh hosildor erlarning foydalanishga topshirilishida yosh tadbirkorlarning foizi yuqori ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «Yoshlar markazi» hamda Navoiy shahridagi mahallalarda o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 02/08/1401-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari haqida bilim va ko‘nikmalar shakllanishiga xizmat qilgan;
2017–2020 yillarda hukumat tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi viloyatdagi mahallalar kesimida o‘rganilib, uyushgan va uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etilishiga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 aprelda berilgan 04/5-05-16-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining Navoiy viloyati yoshlari bilan uchrashuviga erishilgan, ular orasidan Respublika Oliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylov uchun ikki nafar nomzod tanlab olingan;
so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarning ijobiy natijalari Navoiy viloyatining chekka hududlaridagi Tomdi, Konimex, Nurota tumanlari yoshlari faoliyatiga oid ishlar misolida ko‘rsatib berilgan ma’lumotlardan Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi faoliyatida foydalanilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 01-08-01/10032-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yosh ishchi-xodimlari orasida yoshlarga oid siyosiy-huquqiy bilimlarni kengaytirishga hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashining oshishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda 2000 yillardan boshlab o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimiga o‘tilishi 2017 yilga kelib butunlay o‘zining oqlamaganligi Navoiy viloyati misolida ochib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «Diyor-24», «Ta’lim va islohot» kabi axborot dasturlarini namoyish qilish jarayonida foydalanilgan (Navoiy teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 martdagi 01-02/24-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi teletomoshabinlarni shu jumladan yoshlarni faollashtirib, ularning sifati va sonini ortishiga xizmat qilgan.