Zoitova Gulnoza Miryunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarga suzish usullarini o‘rgatishning modul` tuzilishi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.RhD /Ped826.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Sergey Anvarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Krasnova Galina Mansurovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport-sog‘lomlashtirish bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarni suzish usullariga o‘rgatish uchun to‘rt bosqichli modulni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport-sog‘lomlashtirish guruhida shug‘ullanuvchi maktabgacha yoshdagi bolalarni ko‘krakda krol, chalqancha krol, brass usullarini o‘rgatish uchun suzish texnikasini shakllantirishda yuzaga keladigan har bir texnik xatoni tezkor ravishda korreksiyalashga qaratilgan yangi to‘rt bosqichli modul tizimi ishlab chiqilgan;
ko‘krakda krol suzish usulida suvni qo‘llar kaft bilan ushlash va tortish fazalarida “bumerang” holatini, chalqancha krol suzish usulida suvga kirish va ushlash fazalarida “qayiq burchagi” holatini, brass usulida suvni ushlash fazasida qo‘llarning simmetrik ravishda “teskari burchak” (“V”) holatini kiritish evaziga suzishning texnik ko‘nikmalarini samarali o‘zlashtirilish jarayoni takomillashtirilgan;
suzishda tana holati, oyoq va qo‘llar harakatlari, suvda nafas olib-chiqarish holatini va umumiy muvofiqlikni o‘rgatish uchun ko‘krakda krol usulida - elka va to‘piq bo‘g‘inlari, chalqancha krol usulida - elka va bilak bo‘g‘inlari, brass usulida - tizza va to‘piq bo‘g‘inlaridagi harakatchanligini oshirishga xizmat qilgan va yo‘naltirilgan o‘yin usulidagi streching mashqlarini kiritish orqali suzish texnika elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport-sog‘lomlashtirish bosqichining dastur materiallarini o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha yuklamalarni tartibga solishda maktabgacha yoshdagi bolalarni suv muxiti bilan tanishish, yuzni suvga botirish, suvda ko‘zlarni ochish, suvning ostiga shung‘ish, suvni yuzasida sirpanish ko‘nikmani rivojlantiruvchi va sportcha suzish usullariga o‘rgatish uslubiyatini ishlab chiqish hisobiga suzish ko‘nikmalariga o‘rgatish vaqti va vositalari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga suzish usullarini o‘rgatishning modul dasturini eksperimental asoslash natijasida:
sport-sog‘lomlashtirish guruhlarida shug‘ullanadigan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ko‘krakda krol, chalqancha krol, brass suzish usullarining texnik tavsiflarini shakllantirishda yuzaga keladigan texnik xatolarni tezkor ravishda korreksiyalash uchun yangi to‘rt bosqichli modul dasturi Toshkent shahri Yunusobod tumani 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 17 maydagi 003506-raqamli guvohnomasi). Natijada texnik xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkoni paydo bo‘ldi, bu esa suzish texnikasida yuzaga keladigan texnik xatolarni sonini ko‘krakda krol usulida 3 gacha, chalqancha krol usulida 5 gacha, brass usulida 5 gacha kamaytirishga imkon bergan;
sport-sog‘lomlashtirish bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarga ko‘krakda krol, chalqancha krol, brass suzish usullarining eshish harakatlarida turli shakl va fazalar mazmuniga yangi elementlarini kiritish orqali suzishning texnik ko‘nikmalarini samarali o‘zlashtirilish jarayoni yuzasidan olingan xulosalar Toshkent shahridagi Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 04-07-08/2020-son ma’lumotnomasi). Natijada suzish texnikasi elementlarini o‘zlashtirish darajasi ko‘krakda krol suzish usulida 86% ni, chalqancha krol suzish usulida 74% ni, brass suzish usulida 67% ni tashkil etgan;
sport-sog‘lomlashtirish bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarni suzish usullariga o‘rgatish uchun o‘yin usuli orqali streching mashqlarini kiritish hisobiga elka, bilak, tizza, to‘piq bo‘g‘inlarining harakatchanligi oshganligi evaziga suvda bajariladigan oyoqlar va qo‘llar harakatlarining texnikasini o‘zlashtirish jarayoni Toshkent shahri Olmazor tumani 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 04-07-08/2020-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘g‘inlarning harakatchanligi oshganligi hisobiga suvda bajariladigan ko‘llar va oyoklar harakatlarining texnikasini o‘zlashtirish darajasini ko‘krakda krol usulida 87% ga, chalqancha krol usulida 81% ga, brass usulida 63% ga etkazish imkonini bergan, o‘quv jarayoni samaradorligi 58% ga oshgan;
sport-sog‘lomlashtirish bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarni suzish usullariga o‘rgatish dastur materiallarini o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha yuklamalarni tartibga solishda mashg‘ulotlarning vaqtini, vositalarini va yuklamalarini tartibga solish uslubiyatini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Bolalarni suzishga o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-101-son guvohnomasi). Natijada bolalarning jismoniy tayyorgarligi 36% ga, maxsus-harakatli tayyorgarligi 24% ga, suzish tayyorgarligi 42,8% ga, dastur materiallarini o‘zlashtirish darajasi 21,8% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish