Kabilova Gulshan Abdirashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sharoitida ipak-to‘quv ishlab chiqaruvchilar uchun mehnat sharoitini gigienik baholash va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish» 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib880.
Ilmiy rahbar: Adilov Utkir Xalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi va tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xashirbaeva Dinara Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori; Samigova Nargiz Raimovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ipak o‘rash ishlab chiqaruvchilarining modernizatsiya sharoitida mehnat sharoitlari va kasallanishini gigienik baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sharoitda ipak o‘rash korxonalarida ish joylarida ish sharoitlari sanoat mikroiqlimi, shovqin, yorug‘lik, chang va gazning ifloslanishi, biologik omil ta’sirining korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;
ipak o‘rash korxonasi ishchilarining modernizatsiya qilinishidan oldin va keyin ish sharoitlari va kasallanishlariga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat mikroiqlimi ta’sir mexanizmining gigienik parametrlari isbotlangan;
ipak o‘rash korxonalaridagi noqulay mikroiqlim sharoitlarini ayollarda kasbiy kasalliklarning rivojlanishi, kasbiy tahlika darajasi mehnat sharoitining 3-sinf 3-darajasiga mansubligi isbotlangan;
mehnat sharoitlari bilan bog‘liq kasbiy xavflarni baholash uchun nisbiy xavf va o‘tkir kasalliklarning etiologik ulushi, ipak o‘rash korxonalari ishchilarining mehnat sharoitlarini optimallashtirish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sharoitida ipak-to‘quv ishlab chiqaruvchilar uchun mehnat sharoitini gigienik baholash va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ipak o‘rash ishlab chiqarishda ishchilar salomatligini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ipak o‘rash ishlab chiqarishda ishchilar salomatligini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-d/256-son ma’lumotnomasi). Natijada ipak o‘rash ishlab chiqarish korxonalari ishchilarning salomatlik holatini tiklash, kasallanishlar va kasbiy kasalliklari orqali yuzaga keladigan ishchilar orasidagi nogironlik holatini oldini olishga qaratilgan gigienik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
ipak to‘qish ishlab chiqarishda ishchilar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ipak to‘qish ishlab chiqarishda ishchilar salomatligini muhofaza qilish usulini takomillashtirish metodikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-d/256-son ma’lumotnomasi). Natijada ipak to‘qish ishlab chiiqarishsh korxonalari ishlarining salomatlik holatiini izdan chiqarishga qaratilgan omillarni kamaytirish, ish sharoitini yaxshilashsh orqali kasalliklarni oldini olishga qaratilgan gigienik tavsiyalar ishlash chiqish imkonnini bergan;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sharoitida ipak-to‘quv ishlab chiqaruvchilar uchun mehnat sharoitini gigienik baholash va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati, Buxoro shahar xududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 08-09/14687–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi ipak yigiruv korxonalari ishchilari orasida salomatlik holatini izdan chiqishini oldini olish, kasallanish xavfini o‘z vaqtida bashorat qilish, profilaktika choralarini tanlash, ish sharoitlarni moderenizatsiya samaradorligini oshirish bilan birgalikda, ish joyida nogironlik kunlarini qisqartirish hamda ishchilarning sog‘lig‘ini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish