Usmanov Xayrulla Saydullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxtani iflosliklardan tozalashni takomillashtirilgan texnologiyasi asoslari», 05.06.02 - «05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T401.
Ilmiy maslaxatchi: Gulyaev Rinat Amirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonqulov Alisher Qodirqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Djamalov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani dastlabki ishlash jarayonida samarali resurs va energiya tejamkor chigitli paxta va uning mahsulotlarining tabiiy xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qoluvchi chigitli paxtani tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat:
tozalanayotgan chigitli paxta oqimi qoziqchali barabanlardan o‘tish jarayonida tozalash tomonlari qarama-qarshisiga o‘zgarishi va barabanlarning aylanish chastotasi oshib borishi evaziga yuqori tozalash samaradorligiga ega takomillashtirilgan vertikal tozalagich yaratilgan;
tozalagichda paxta oqimi xarakati va to‘rli yuzaning ishchi barabanni qamrash burchagidan samarali foydalanuvchi chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
vertikal usulda ishlovchi takomillashtirilgan tozalalagichning ishchi burchagi mavjud tozalagichlardan ikki barobar yuqori bo‘lgan yangi pog‘onali to‘rli yuza hamda turli aylanish chastotalarga ega qoziqchali barabanlardan iborat tozalash seksiyasi yaratilgan;
jarayonning matematik tahlili asosida takomillashtirilgan vertikal usulda ishlovchi chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalovchi tozalagichning asosiy ratsional parametrlari aniqlangan;
qayta ishlanayotgan chigitli paxtaning tabiiy xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qoluvchi vertikal usulda tozalovchi resurs va energiyatejamkor paxta tozalash yangi agregati yaratilgan hamda tajribaviy uskunaning konstruktiv-ekspluatatsion parametrlari ishlab chiqilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun mayda iflosliklardan tozalash seksiyalarining vertikal usulda o‘rnatilishi orqali tozalash uskunalari ketma-ket va batareyada joylashgan paxtani iflosliklardan tozalashning takomillashtirilgan agregati va texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani iflosliklardan tozalashning takomillashtirilgan texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chigitli paxtani vertikal usulda tozalovchi takomillashtirilgan paxta tozalash agregati “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJda joriy etildi. («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 18 avgustdagi MA-E/791-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasini 50% foizgacha va resurs tejamkorlikni esa 40% foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
paxtani vertikal usulda tozalovchi takomillashtirilgan paxta tozalash uskunasi “Kattako‘rg‘an paxta tozalash” AJning quritish sexiga joriy etildi («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 18 avgustdagi MA-E/791-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro-6 seleksion navining III sanoat 1-sinfi takomillashtirilgan texnologiya bo‘yicha tozalanganda tola iflosligini 0,28% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
chigitli paxtani vertikal usulda tozalovchi paxta tozalash agregati “Samarqandpaxtamash”AJda joriy etildi («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 18 avgustdagi MA-E/791-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi agregatda mavjud tozalagichga nisbatan metall sarfi 20% kamayishiga erishilgan;
takomillashtirilgan paxta tozalash agregati ishlab chiqilib, “Chelak paxta tozalash” AJda joriy etildi AO («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 18 avgustdagi MA-E/791-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Olingan natijalarga binoan Porloq-1 seleksion navining I sanoat navi 1-sinfi qo‘l terimi paxtasini yangi texnologiyada tozalanganda tozalash samaradorligi mavjud texnologiyaga nisbatan 5,7% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.