Soliev Maxammadjon Ismatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ayrim terpenoidlarni kimyoviy modifikatsiyalash, sintez qilingan moddalarning xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K222.
Ilmiy rahbar: Nurmonov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mentol, timol, xamazulenlar asosida vinil efirlar olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish va qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mentol, timol va 3-gidroksimetil-xamazulenni gomogen sharoitda atsetilen bilan vinillash reaksiyasi KON-DMSO yuqori asosli sistemasi ishtirokida amalga oshirilgan;
mentol, timol va 3-gidroksimetil-xamazulenni KON-DMSO yuqori asosli sistemasi bilan sol`vatlanishi hamda atsetilen ishtirokida vinillash reaksiyasi mexanizmi kvant-kimyoviy usullar yordamida nazariy isbotlangan;
vinillash reaksiyasining yo‘nalishi termodinamik jihatdan baholangan va reaksiya oraliq bosqichlaridagi energiya o‘zgarishlari qo‘llanilgan moddalarning tuzilishiga va molekulyar massasiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan;
sintez qilingan vinil efirlarning qishloq xo‘jaligida g‘alla zararkunandasi – zararli xasva (Eurygaster integriceps Put.) hashoratiga qarshi insektisidlik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ayrim terpenoidlarning vinil efirlarini sintez qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi er maydonlarida kuzgi bug‘doy o‘simligi zararkunandasi – zararli xasva (Eurygaster integriceps Put.) hashoratiga qarshi insektisid sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 01/14-789-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 28 sentyabrdagi 02/1083-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘alla ekini maydonida zararli xasva hashorotining 100 foiz nobud bo‘lishiga imkon bergan;
super-asosli muhitda atsetilen ishtirokida terpenoidlarning vinil efirlarini sintez qilish usuli Surgut davlat universitetining (Rossiya) “Innovatsionnie texnologii izvlecheniya, identifikatsii polifenolov dikorosov XMAO-Yugri i issledovanie ix geroprotektornix svoystv pri vozrast-assotsiirovannix zabolevaniyax na Severe” mavzusidagi amaliy loyihasida yangi turdagi polifenollarni modifikatsiyalashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2020 yil 10 noyabrdagi 04-22-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, polifenollarning bir qancha yangi hosilalarini sintez qilish imkonini bergan.