Rajabov Yusufboy Nuraddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi xomashyolar asosidagi sistemalarning ingibirlash mexanizmi», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K336.
Ilmiy rahbar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Abduvali Jonuzoqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi xomashyolar asosida kislotali-tuzli agressiv muhitlarda po‘lat korroziyasini oldini olish bo‘yicha yuqori samaradorli ingibitorlarni yaratish hamda ularning ingibirlash mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi mahsulotlar asosidagi yangi ingibitorlarning ko‘llashdagi optimal nisbatlar va konsentratsiyalar aniqlangan;
adsorbsiyalanish xususiyatlarini va termodinamik funksiyalarini aniqlash asosida monomolekulyar adsorbsiya jarayoni isbotlangan;
sintez qilingan yangi oligomer ingibitorlarning korroziya toki, himoyalash darajasi, tormozlash koeffisenti, sirtni to‘la qoplash darajalari aniqlangan;
skanerlovchi elektron mikroskop va atom kuch mikroskoplari orqali oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi xomashyolar yordamida  ingibirlangan metall sirtining mikrofotografiyalari olinib, ingibitorlarning ta’sir mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aminotiokarbamid va melamin asosidagi oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi mahsulotlar asosida olingan birikmalarning metallar korroziyasiga qarshi ingibitor sifatida ko‘llashdan olingan ilmiy natijalar asosida:
oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi mahsulotlar asosida olingan kompozision ingibitorlar kislotali qayta ishlashdan hosil bo‘luvchi agressiv muhitlarda korroziya jarayonini to‘xtatish bo‘yicha Navoiy kon-metallurgiya kombinati amaliyotiga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 5 noyabrdagi 02-06-07/10674-son ma’lumotnomasi). Natijada, qislotali yuvishdan hosil bo‘luvchi agressiv kislotali-tuzli chiqindi suvlarni o‘tkazuvchi va saqlovchi po‘lat konstruksiyalarni korroziyadan himoyalash imkonini bergan;
oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi mahsulotlar asosida olingan kompozision ingibitorlar “Maxam – Chirchiq” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Maxam – Chirchiq” AJning 2020 yil 14 maydagi 157-9/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki suvli aylanma va sovutish sistemalarida yuzaga keluvchi korroziya jarayonida po‘lat materiallarini himoyalash imkonini bergan;
korroziya ingibitorlarini olish, turli muhitlarda samaradorligini aniqlash ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan OT-F7-85 raqamli «Aminometilenfosfat kislotasi asosidagi alifatik va geterotsiklik metallar korroziyasi ingibitorlarini sintezi va fizik-kimyoviy xossalari» ilmiy loyihasida ko‘p komponentli ingibitorlarni optimal nisbatlarini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 noyabr`dagi 89-03-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, metallarni korroziyadan yuqori darajada himoyalovchi, uzoq muddat ishlashini ta’minlovchi ingibitorlar yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish