Xujakulov Ulugbek Karimkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yakon ildizmevasini konvektik quritish texnologiyasida diffuziya jarayonini matematik modellashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2434.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Masharipova Zulxumor Atabekovna, texnika fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yakon ildizmevalarini konvektiv quritish texnologiyasida diffuziya jarayonini matematik modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakon ildizmevasini (Smallanthus sonchifolius) quritish jarayonining bir fazali va ikki o‘lchovli namlik-issiqlik modellari ishlab chiqilgan;
Nu>1 bo‘lganda konveksiya issiqlik o‘tkazilishga eng kam qarshilik ko‘rsatishi aniqlangan;
quritish vaqti, sirt chegarasi parametrlarning qiymatlari Sh=18, Nu=0,2 va yashirin issiqlik λ=0,4 larga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
yakon ildizmevalarining (Smallanthus sonchifolius) qisqarish jarayonida diffuziya va issiqlik o‘tkazuvchanlik o‘rtasidagi munosabatning matematik modeli ishlab chiqilgan;
quritishning texnologik parametrlari ishlab chiqilgan va namlik diffuziyasining samarali koeffisientlari olingan;
majburiy ravishda konveksiya yordamida yakon ildizmevalarini qurishiga issiq havoning tezligi, bo‘laklarning qalinligi hamda haroratning ta’sir parametrlar texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yakon ildizmevalarini konvektiv quritish texnologiyasida diffuziya jarayonini matematik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yakon ildizmevalarini quritish uchun energiyatejamkor texnologiyasi «WORLD FARM BUSINESS» MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 02/027-4505-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali texnologiyadan foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish 1,1 barobar ko‘payishi va xomashyo yo‘qotilishini 6% kamaytirish imkonini bergan;
yakon ildizmevalarini quritish usuli «WORLD FARM BUSINESS» MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 02/027-4505-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali usuldan foydalanish hisobiga yakuniy mahsulotning biologik faol moddalarini 90-95% saqlab qolish imkonini bergan;
yakon ildizmevalarini quritish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnika va texnologiyasi «WORLD FARM BUSINESS» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 02/027-4505-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik konveksiyasidan foydalangan holda yuqori samarali energiyatejamkor quritish qurilmasini joriy etish hamda diffuziya hisobiga mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 1,2 barobar kam energiya sarflash imkonini bergan.