Sotiboldieva Dilnoza  Ilxomjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Introduksiya sharoitida Curcuma longa L. turining bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/V160.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Valijon, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida Curcuma longa L.ning bioekologik xususiyatlarini va fitokimyoviy tarkibini aniqlash hamda ko‘paytirish va etishtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Curcuma longa L. ning introduksiya sharoitida morfogenez qonuniyatlari asosida vegetativ organlarining rivojlanish biologiyasi ochib berilgan;
Curcuma longa ning mavsumiy rivojlanish maromini kuzatilgan va yangi hududga moslanish darajasi baholangan;
ilk bor Curcuma longa ning anatomik tuzilishining tahlili asosida biologik faol moddalar ildizning yumalok parenxima hujayralarining tarkibida aniqlangan va diagnostik belgilar ajratilgan;
Curcuma longa ning vegetativ organlarining fitokimyoviy tarkibi aniqlangan;
Curcuma longa ning urug‘lik ildizpoyalarining hajmini va ekish masofasini o‘simlikning o‘sishiga va hosildorligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Curcuma longa ning introduksiya sharoitida bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Curcuma longa ning urug‘lik ildizpoyalarining hajmini va ekish masofasini o‘simlikning o‘sishiga va hosildorligiga ta’siri o‘simlikni ko‘paytirish va etishtirish usullari Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Abdurahimov Rafiqjon”, “Mirshohid-Behruz” fermer xo‘jaliklarida 0,2 ga, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Boysun-Farm” Erkin Iqtisodiy Zonasida 0,6 ga maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02/026-2771-son ma’lumotnomasi). Natijada, Curcuma longa plantatsiyalarida gektaridan 21 tonna sifatli xomashyo olish va o‘simlikni keng masshtabda etishtirish imkonini bergan;
Curcuma longa ning morfogenezi va mavsumiy rivojlanish maromi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hududlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 3 sentyabrdagi 04-02/8-503-son ma’lumotnomasi). Natijada, introduksion o‘simlik ob’ektlarining holatini kuzatish, u bo‘yicha axborot to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish, o‘simlik ob’ektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash chora-tadbirlarini sifatli amalga oshirish, introdusent o‘simliklarni etishtirish bo‘yicha plantatsiyalarning davlat hisobini yuritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish