Xojametov Sabir Jabbarberganovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Analitik seleksiya yordamida qoraqalpog‘iston respublikasi ekstremal tuproq-iqlim sharoitiga mos g‘o‘za navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx706.
Ilmiy rahbar: Xojambergenov Nasim Mamenovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning “S-4728” navi (№ NAR 00313). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 5 mart 01-11/497-sonli xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi analitik seleksiya uslubi orqali Qoraqolpog‘iston Respublikasining ekstremal tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mos tezpishar, hosildor, tola chiqimi va sifati jahon andozalari talablariga javob beradigan, suv tanqisligi hamda sho‘rlanishga bardoshli g‘o‘za navini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
analitik seleksiya uslubi orqali S-4727 g‘o‘za navining tabiiy populyasiyalari orasidan xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasi bo‘yicha farq qiluvchi biotiplar ajratib olish mumkinligi isbotlangan;
ajratib olingan biotiplar asosida yaratilgan g‘o‘za oilalarida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning shakllanishi va barqarorlashuvi o‘rganilgan;
tanlangan biotiplar orasidan tezpisharlik, hosildorlik, yuqori tola sifati va chiqimi, sho‘rlanish va suv tanqisligiga bardoshlilik va boshqa xo‘jalik qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega yangi S-4728 g‘o‘za navi yaratilgan;
analitik seleksiya uslubi orqali yaratilgan S-4728 g‘o‘za navi o‘simliklari boshqa navlardan xo‘jalik uchun qimmatli belgilar majmuasi bo‘yicha farqlanishi, bir xilligi, barqarorligi va yangiligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub S-4727 g‘o‘za navining tabiiy populyasiyalari orasidan analitik seleksiya uslubi orqali xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasi bo‘yicha farq qiluvchi biotiplarni tanlash, biotiplar asosida ajratib olingan oilalarda belgilarning shakllanishi va barqarorlashuvi borasidagi tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqolpog‘iston Respublikasining ekstremal tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mos, tezpishar, hosildor, tola sifati va chiqimi yuqori, sho‘rlanishga va suv tanqisligiga bardoshli bo‘lgan S-4728 navi yaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga №NAP00313 raqamli patent olingan (Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 01/011-355-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za genofondini qimmatli xo‘jalik belgilar majmuasiga ega, tola sifati IV-tipga mansub hamda suv tanqis va sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mos bo‘lgan g‘o‘za navi bilan boyitish imkonini bergan;
davlat nav sinovi natijalariga hamda ekspert komissiyasi xulosasiga asosan S-4728 navi 2021 yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasining suv tanqis hamda sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli nav sifatida Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 01/011-355-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekstremal tuproq-iqlim sharoitlarida 262,0 gektardan ortiq maydonga joriy etilib o‘rtacha 32 s/ga hosil olingan;
g‘o‘zaning yangi S-4728 navi 2020 yilda g‘o‘zaning yangi navlar urug‘larini dastlabki ko‘paytiruvchi elita urug‘chilik xo‘jaligida 26,0 gektar maydonga ekilgan bo‘lib, 2021 yil paxta hosili uchun urug‘lik ko‘chatzorlaridan 3000 dona yakka tanlov namunasi ya’ni 203 kg namunasi, 300 dona oila 208 kg sinov namunasi, 700 oila 1-yil oilaviy terimidan 737 kg, 300 dona oila sinov namunasidan 3850 kg, elita avlodidan 32,6 tonna, jami 33,6 t. urug‘lik paxta jamg‘arilgan (Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 01/011-355-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yilda 50 gektar elita, 300 gektar R1 maydonlarini urug‘lik bilan ta’minlash imkoni yaratilgan.