Xalimova Mohira Olimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishda innovatsion mexanizmlarni takomillashtirish yo‘llari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1345.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Bekjanov Dilmurad Yo‘ldashovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishda innovatsion mexanizmlarni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mintaqada turizmni rivojlantirishda innovatsion marketing va kontent-marketing faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
Turizm bozori rivojlanishining innovatsion mexanizmlarini tadqiq qilish jarayonida xizmatlar monetizatsiyasini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
Mintaqadagi oliy ta’lim muassasalarida turizmning har xil turlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari, turizm sohasidagi resurslarni boshqarish, turizm sanoati va turistik biznes korxonalarini boshqarish kabi asosiy yo‘nalishlarida turizm sohasi uchun turistik korxonalar bilan hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlashning mexanizmi ishlab chiqilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishda innovatsion mexanizmlarni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar natijasida:
Mintaqada turizmni rivojlantirishda innovatsion marketing va kontent-marketing faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining 2021 yil 26 apreldagi 03-16/428-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi ichki turizmni rivojlantirish, turizm sohasida xizmat turlarini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish xamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilgan.
Turizm bozori rivojlanishining innovatsion mexanizmlarini tadqiq qilish jarayonida xizmatlar monetizatsiyasini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi ish faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi boshqarmasi 2021 yil 22 yanvardagi 01/51-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi Qoraqalpog‘iston hududida turistik ob’ektlar atrofida infratuzilmaning rivojlanishiga, davlat tashkilotlari, turistik firmalar, ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va boshqa tashkilotlar bilan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.
Mintaqadagi oliy ta’lim muassasalarida turizmning har xil turlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari, turizm sohasidagi resurslarni boshqarish, turizm sanoati va turistik biznes korxonalarini boshqarish kabi asosiy yo‘nalishlarida turizm sohasi uchun turistik korxonalar bilan hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlashning mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi ish faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi boshqarmasi 2021 yil 22 yanvardagi 01/51-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasi uchun malakali kadrlar etishtirish muammolarining samarali echimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Nukus shahridagi turistik firmalarda turizm sohasida ta’lim oluvchi talabalarning ishga joylashishiga erishilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi ish faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi boshqarmasi 2021 yil 22 yanvardagi 01/51-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasining pandemiya sharoitini ham inobatga olgan holda mintaqada turizm sohasi ko‘rsatkichlari 15 %gacha o‘sgan.