Olimxonova Komilaxon Nadimulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda immunitet parametrlari va ichak mikrobiotasidagi o‘zgarishlar» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1327
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Dano Abdisamatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Go‘zal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi surunkali buyrak kasalligi C2–C4 bosqichlari bo‘lgan bemorlarda ichak mikroblar tarkibini aniklash, davolashning turli sxemalarini qo‘llash orqali klinik ko‘rinishlar dinamikasi, tizimli yallig‘lanish ko‘rsatgichlarining o‘ziga xos xususiyatlari, immunitet holatinii baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar ichak mikroblar xolatini kompleks tahlili asosida metabolik sindrom mavjudligi aniq taksonlar nisbiy miqdorining oshishi va simbiotik shtammlar sonining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda disbakterioz darajasi va interleykin-6, interleykin-10  kabi yallig‘lanish sitokinlari orasida korrelyasion aloqa mavjudligi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda metabolik sindromning mavjudligi ichak mikrobiotasi tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birga kelgan tizimli yallig‘lanish bilan bog‘liqligi aniqlangan;
dializgacha bo‘lgan bosqichdagi surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik manzarasi, shuningdek, ichak mikroblar tarkibiga enterosorbsiyaning ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda immunitet ko‘rsatkichlari va ichak mikroblar xolatini o‘zgarishini  tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ichak mikrobiotasini tashxislash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligida ichak mikrobiotasini tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22-oktyabrdagi 8 n-z/370-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichigacha rivojlanishida buzilgan ichak mikrobiotasining o‘rnini baxolash, shuningdek kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish uchun samarali choralar ko‘rish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligida enterosorbsiyani qo‘llash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22-oktyabrdagi 8 n-z/370-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligidagi uremik intoksikatsiyani kuchaytirishga olib keladigan omillarni aniqlash, shuningdek, enterosorbsiyaning zamonaviy usullari yordamida davolash samaradorligini 41,3% ga oshirish imkonini bergan;
 surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda immunitet ko‘rsatkichlari va ichak mikroblar  o‘zgarishi tashxislash va davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani markaziy shifoxonasi, Oqqo‘rg‘on tumani markaziy shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6-dekabrdagi  08-09/19182-son ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda metabolik o‘zgarishlar mavjudligiga qarab ichak mikrobiotasining buzilish darajasini aniqlash, tizimli sust yallig‘lanish va immunologik o‘zgarishlarni aniqlash orqali surunkali buyrak kasalligi bilan ogrigan bemorlarda tashxislash jarayonini optimallashtirish imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish