Saipova Durdona Salidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda  buyrak reabilitatsiyasi davrida kardio-reno-pul`monal ko‘rsatkichlarni baholash», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1329.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Dano Abdisamatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori; Sobirova Go‘zal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda kardiorenal va respirator ko‘rsatkichlarni jismoniy faollik  dinamikasida baholash va uning asosida xavf omillariga qarab jismoniy reabilitatsiya dasturini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli darajadagi aerobik jismoniy mashqlarning kardiorespirator tizim va jismoniy faoliyat holatiga ta’sirini qiyosiy tahlil qilish asosida curunkali buyrak kasalligining  dializgacha bosqichida bo‘lgan bemorlar uchun hayot sifatiga ta’sir qiluvchi dozalangan jismoniy yuklamalar asoslangan;
curunkali buyrak kasalligi  dializgacha bo‘lgan  bosqichlaridagi   bemorlarda o‘rtacha va past darajadagi muntazam aerobik mashqlar xavfsizligi va ularni buyrak reabilitatsiya dasturi doirasida amalga oshirish asoslangan;
12-hafta davomida o‘tkazilgan mashqlar dinamikasida curunkali buyrak kasalligi  dializgacha   bosqichida  bo‘lgan bemorlarning uyqu arteriyalarining dupleks skanerlash ko‘rsatkichlari va kardiorespirator zo‘riqish sinamalari bilan va eng muhim exokardiografik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklar aniqlangan;
curunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda maksimal kislorod ehtiyoji va nutritiv holat ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda engil hamda  o‘rta darajadagi aerob jismoniy mashqlarning  samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Curunkali buyrak kasalligi dializgacha bo‘lgan bosqichidagi   bemorlarning buyrak reabilitatsiya jarayonida kardiorespirator va buyrak ko‘rsatgichlarini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlada nutritiv xolatni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda nutritiv holatni baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/340-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma curunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda nutritiv xolatni tashxislash va oldini olish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
 surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda jismoniy faoliyatni baholash masalalari, hamda kardiorespirator stress sinamasining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda CBK bilan og‘rigan bemorlarda buyrak reabilitatsiya usullarini namoyish etuvchi “Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy faollikni baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/340-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarning jismoniy faolligini aniqlashning zamoniy usullari yoritilgan va shu asosida bemorlarga tavsiya etiladigan jismoniy mashqlar darajasinitanlash   imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda jismoniy mashqlar dasturini   bemorlarning dastlabki jismoniy faolligini va nutritiv xolatini xisobga olgan xolda qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Markaziy klinik shifoxonasi hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Markaziy klinik shifoxonasi faoliyatida amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi   08-09/18185-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar   asosida   curunkali buyrak kasalligi  bo‘lgan bemorlarda jismoniy reabilitatsiya dasturi algoritmi ishlab chiqilgan, bu bemorlarda maksimal kislorod iste’moli va nutritiv holat ko‘rsatkichlarini korreksiyalash orqali jismoniy reabilitatsiya dasturini birga qo‘llaganda davolash samaradorligini 41% ga oshirib,  ularning dializdan oldingi davrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish