Masharipova Dilyafruz Raxmatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyraklar disfunksiyasi bilan surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda angiotenzin almashtiruvchi ferment geni polimorfizmiga bog‘liq holda kasallik klinik kechishi va prognozini o‘rganish» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib748.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: buyraklar disfunksiyasi bilan kechgan surunkali yurak etishmovchiligining klinik kechishi va prognozining klinik-genetik prediktorlarini aniqlash hamda davolash uslublarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishida neyrogumoral omillarning prognostik ahamiyati ustunligi isbotlangan;
ilk marotaba o‘zbek millatiga mansub surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishida angiotenzin aylantiruvchi ferment geni I/D polimorfizmining molekulyar-genetik determinantlari aniqlangan;
angiotenzinga aylantiruvchi ferment genining D/D genotipi buyraklar disfunksiyasi bilan birga kechuvchi og‘ir surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishining prediktori sifatida aniqlangan;
buyraklar disfunksiyasini hisobga olgan holda surunkali yurak etishmovchiligi kechishini erta prognozlash va davolashga yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqod natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunsiyasini erta aniqlash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 8n-d/268-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash bergan.
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini  erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent viloyati somatik klinik shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 08-09/18400-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta tashxislash, klinik kechishini prognozlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish