Boev Bekzodjon Jo‘raqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1297.
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori aksiyadorlik jamiyatlari ustavida bitta aksiyador egalik qilishi mumkin bo‘lgan ulush bo‘yicha eng yuqori chegarani belgilab qo‘yish orqali ular aksiyalarining birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirilishida investorlar, xususan institusional investorlarning o‘z ulushlarini oshirib borish imkoniyatini berish orqali xususiylashtirishni samarali tashkil etish taklif etilgan;
davlat ulushini xususiylashtirish nuqtai nazaridan aksiyalarni ommaviy joylashtirishda anderrayterlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari investision jozibadorligi aksiya kursi o‘zgarishi dinamikasi va potensial investorlar real talablari asosida aksiyalar narx diapazonini belgilash taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan individual investorlarga aksiyalarni ommaviy taklif qilish davri sifatida aholi daromadliligi va xarid quvvati nisbatan yuqori bo‘ladigan davrni belgilash taklif etilgan;
rentabelligi va bozordagi nufuzi yuqori davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini SPO amaliyoti orqali bozor bahosida sotish hamda xususiylashtirishning keyingi bosqichlarini samarali tashkil etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori aksiyadorlik jamiyatlari ustavida bitta aksiyador egalik qilishi mumkin bo‘lgan ulush bo‘yicha eng yuqori chegarani belgilab qo‘yish orqali ular aksiyalarining birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirilishida investorlar, xususan institusional investorlarning o‘z ulushlarini oshirib borish imkoniyatini berish orqali xususiylashtirishni samarali tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6207 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 06/04-01-32/1656-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif orqali samarali xususiylashtirish va korporativ moliyaviy munosabatlar rivojlanishigat erishilgan.
davlat ulushini xususiylashtirish nuqtai nazaridan aksiyalarni ommaviy joylashtirishda anderrayterlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari investision jozibadorligi aksiya kursi o‘zgarishi dinamikasi va potensial investorlar real talablari asosida aksiyalar narx diapazonini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6207-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 06/04-01-32/1656-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyalarni ommaviy joylashtirishga puxta tayyorgarlikni kafolatlaydi.
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan individual investorlarga aksiyalarni ommaviy taklif qilish davri sifatida aholi daromadliligi va xarid quvvati nisbatan yuqori bo‘ladigan davrni belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-sonli Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 06/04-01-32/1656-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kvars” aksiyadorlik jamiyati SPO amaliyoti 2019 yil oktyabr` oyida boshlangan va ommaviy taklif etilgan aksiyalar 100 foiz joylashtirilgan.
rentabelligi va bozordagi nufuzi yuqori davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini SPO amaliyoti orqali bozor bahosida sotish hamda xususiylashtirishning keyingi bosqichlarini samarali tashkil etish taklifi. Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida rentabelligi yuqori bo‘lgan davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini SPO mexanizmini qo‘llash orqali kapital bozoridan ko‘proq moliyaviy resurs jalb qilishga erishiladi. Shu boisdan mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-sonli Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 06/04-01-32/1656-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kvars” aksiyadorlik jamiyatidagi 5 foizlik davlat ulushi SPO o‘tkazilishi natijasida 15,81 milliard so‘mga sotilishiga erishilgan.