Allakuliev Akmal Baltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta muddatga mo‘ljallangan byudjetlashtirishni milliy iqtisodiyotga joriy etishning metodologik asoslari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt471.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Dilshod Xakberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta muddatga mo‘ljallangan byudjetlashtirishni milliy iqtisodiyotga joriy etishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat byudjetining o‘rta muddatga mo‘ljallangan prognozlari ishonchliligini ta’minlashda yangi byudjet kalendaridan foydalanish taklif etilgan;
davlat byudjetining o‘rta muddatli makroiqtisodiy va makromoliyaviy rejalashtirish jarayonlariga kompleks moslashtirish mexanizmi ilmiy asoslangan;
o‘rta muddatli byudjetlashtirishga o‘tishda soliq-byudjet siyosati va davlat byudjetini o‘rta muddatli davrga ishlab chiqishda foydalaniladigan 13 ta tamoyili ishlab chiqilgan;
davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini baholashda «sifat» va «miqdor» indikatorlaridan foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta muddatga mo‘ljallangan byudjetlashtirish uslubiyotini milliy iqtisodiyotga joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institusional jihatdan byudjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha yangi byudjet davri (byudjet kalendari)ni ishlab chiqish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 06/04-01-02-32/1297-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, davlat byudjetini o‘rta davr uchun makrofiskal va makromoliyaviy prognozlash hamda tahlil qilishga erishilgan.
davlat byudjetining o‘rta muddatli makroiqtisodiy va makromoliyaviy rejalashtirish jarayonlariga kompleks moslashtirish mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 06/04-01-02-32/1297-son ma’lumotnomasi). Natijada, makroiqtisodiy va makromoliyaviy indikatorlarni o‘zaro aloqadorlikda rejalashtirish imkoniyati oshishiga erishilgan.
o‘rta muddatli byudjetlashtirishga o‘tishda soliq-byudjet siyosati va davlat byudjetini o‘rta muddatli davrga ishlab chiqishda foydalanish maqsadida taklif etilgan 13 ta tamoyil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 06/04-01-02-32/1297-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, davlat byudjeti prognozlarini real iqtisodiy holatga moslashtirishga erishilgan.
byudjet samaradorligi va natijadorligini baholash maqsadida Davlat byudjeti mablag‘lari sarflanishining «sifat» va «miqdor» indikatorlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi  06/04-01-02-32/1297-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlarning samaradorligi va natijadorligi aniqlangan hamda kelgusi davr uchun miqdoriy va sifat jihatdan baholash amaliyoti takomillashtirilgan hamda davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan sifat ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish