Radjabova Lobar Ramazanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kontrafakt tovarlarni aniqlashning kimyoviy usullari va ularni tasniflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1269.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Qurbonqul Mavlanqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Dilshod Ahmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xamroqulov Maxmudjon G‘ofurjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti/
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kontrafakt tovarlarni aniqlashning kimyoviy usullari va ularni tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona sohasida kontrafakt va fal`sifakatsiya qilingan alkogolli va alkogolsiz salqin ichimliklarni tahlil qilishning sodda zamonaviy ekspress usullari ishlab chiqilgan;
alkogolli va alkogolsiz ichimliklarning kimyoviy tarkibi va uning inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillarini alkogolsiz salqin ichimliklar turiga kiruvchi energetik salqin ichimliklar tarkibidagi psixotrop moddalar sinfiga kiruvchi kofein, guarin, taurin inson salomatligi uchun qay darajada xavfliligi aniqlangan;
bojxona amaliyotida salqin ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasining TIF TN asosida to‘g‘ri tasniflash me’zonlari ishlab chiqilgan;
iste’mol qilinayotgan va chetdan eksport qilinayotgan alkogolsiz salqin ichimliklar tarkibiga kiruvchi energetik salqin ichimliklar TIF TN da 2202 tovar pozisiyasida tovarlarni tasniflashning qulay ilmiy - metodologik asoslari yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasida chetdan eksport qilinayotgan alkogolsiz salqin ichimliklar tarkibiga kiruvchi energetik salqin ichimliklarni TIF TN da 2202 tovar pozisiyasida tovarlarni tasniflashning qulay ilmiy - metodologik asoslari yaratilgan;
ilk bor respublikada eksport qilinayotgan qilinayotgan TIF TNda 2202 tovar guruhidagi alkogolsiz salqin ichimliklar tarkibiga kiruvchi energetik salqin ichimliklarning kimyoviy xossalari, kimyoviy tarkibining xromotografik tahliliga asoslanib, yangi jami 9 ta yangi TIF TN kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alkogolsiz salqin ichimliklar tarkibiga kiruvchi energetik salqin ichimliklarni TIF TN asosida tasniflash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
TIF TNning 2202 tovar guruhidagi alkogolsiz salqin ichimliklarining xar xil parametrlarini farqlaydigan milliy tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha o‘n xonali Pepsi uchun 2202 10 000 1, Tarxun uchun 2202 10 000 2, Coca Sola uchun 2202 10 000 3, Fanta uchun 2202 10 000 4, Aloe uchun 22020 10 000 5 yangi kod raqamlari Davlat bojxona qo‘mitasining «2022 yil amaliyotga joriy etish ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 26 iyuldagi 1/16-217-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import qilinadigan salqin ichimliklarni to‘g‘ri tasniflash imkonini bergan;
TIF TNning 2202 tovar guruhidagi alkogolsiz salqin ichimliklarining xar xil parametrlarini farqlaydigan milliy tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha o‘n xonali Tornadao energetik ichimligi uchun 2202 10 000 6, Gorilla energetik salqin ichimlik uchun 2202 10 000 7, Toxic energetik salqin ichimlik uchun 2202 10000 8, Red Bull energetik salqin ichimlik uchun 2202 10 000 jami 9 yangi kod raqamlari Davlat bojxona qo‘mitasining «2022 yil amaliyotga joriy etish ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 26 iyuldagi 1/16-217-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan TIF TN asosida yangi tovar kodlari bojxona bojlari to‘g‘ri va to‘liq undirilishi, bojxona statistikasi to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlanish imkonini beradi.