Norimova Guljaxon Abduganievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Striming texnologiyalari asosida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish (ingliz tilini o‘qitish misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.Ph.D/Ped2181.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida tuzilgan bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Normurodova Nozliya Zarilovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi strim texnologiyalari asosida talabalarning ingliz tilini o‘qitish jarayonida lingvistik layoqatlarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
striming texnologiyalari asosida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi va pedagogik jarayon samaradorligini oshiruvchi ilmiy-metodik tavsiyalar individuallashtirilgan on-layn kurslarini kiritish orqali takomillashtirilgan va ularning samaradorlik darajasi aniqlangan;
striming texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ, logistik, didaktik, sotsiolingvistik, pragmatik, nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahrir qilish malakalarini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalar mezonlarni aniqlash orqali talabalarda fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish modeli asoslangan;
striming texnologiyalari asosida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning skrinkasting-podkasting tipologiyasi, keng auditoriyaga video oqimni foydalanuvchi kompyuteridan yozuv orqali uzatish, video screen capture- «ekranni egallash» kabi mazmuni va ulardan foydalanish usullari takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan hamda shaxsiy-qadriyatli, konstruktiv, refleksiv tahlil bosqichlariga asoslangan «What is stream technology?» mualliflik metodikasinining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Striming texnologiyalari asosida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ctriming texnologiyalari yordamida ingliz tilidagi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish tizimini takomillashtirish borasidagi takliflardan «Menejment», «Boshlang‘ich ta’lim» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv ishchi dasturlarini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-245-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Amaliy xorijiy til» o‘quv kursi mazmuni takomillashtirilgan, talabalarning striming texnologiyalari asosida til o‘rganish motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
striming texnologiyalariga asoslangan o‘quv axborotini o‘zlashtirish kontenti (motivatsion, ilmiy-pedagogik, o‘quv)ga oid ilmiy xulosalardan bakalavr talabalari uchun «Speaking extra topics» nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-245-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga striming usuli asosida ingliz tilini o‘qitish orqali ularning grammatik va leksik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda striming texnologiyalari asosida o‘quv faoliyatini kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv bosqichlarini takomillashtirish bo‘yicha keng auditoriyaga uzatish, video screen capture- «ekranni egallash»; qisqa video yozuvlarni saralash; uzluksiz video strim (hujjatli, o‘quv va h.k)lardan foydalanishga oid tavsiyalardan OT-Atex-2018-519-«Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/615-son ma’lumotnomasi). Natijada, skrinkasting, podkasting shakllari, vositalari va ulardan foydalanish uslublari ilmiy jihatdan asoslangan, tizimlashtirilgan;
talabalarning fanga oid leksik va grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishda skrinkasting (namoyish qilish) va podkasting (qayta translyasiya qilish) texnologiyalaridan foydalanishning samarali mexanizmiga oid takliflardan 2020-207-sonli Arkansas Spring International Language Center «English language capacity building project» mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/615-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning va virtual o‘qituvchilarning fanga oid leksik, grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishga va ta’lim mazmuni trendlari, didaktik shakllar (auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar) asosida takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning fanga oid leksik va grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishda skrinkasting (namoyish qilish) va podkasting (qayta translyasiya qilish) texnologiyalaridan foydalanishning samarali mexanizmiga oid takliflardan 2017-2021 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan OT-F1-18 raqamli «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihasi bajarishja amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 02-15/5119-son ma’lumotnomasi). Natijada, striming texnologiyalari yordamida ingliz tilini o‘qitish asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim tizimidagi ingliz tili o‘qituvchilarining innovatsion pedagogik faoliyatini takomillashtirishda virtual laboratoriyalarni tashkil etish orqali striming texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalarga oid fikr-mulohazalardan «Sirdaryo» telekanalining «Diyor yangiliklari» informatsion dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 apreldagi 481-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarining striming texnologiyasidan foydalanish kompetensiyasi xususida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.