Saydalieva Nodira Ziyavitdinovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  «Paxta tolali matolarni pardozlash jarayonida modifikatsiyalash asosida ekspluatatsion xossalarini yaxshilash»,  05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1178
Ilmiy rahbar: Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:  Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Sashina Elena Sergeevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolali matolarni pardozlash jarayonida modifikatsiyalash asosida ekspluatatsion xossalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolali matolarning funksional guruhlarini faollashtiruvchi va ekspluatatsion, koloristik xossalarini yaxshilovchi past konsentratsiyali ishqor eritmasi asosidagi strukturaviy modifikatsiyalashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
paxta tolali matolarni kollagen va serisin oqsili ishtirokida modifikatsiyalash qonuniyatlari aniqlangan;
paxta tolali matolarni mustahkamligini va bo‘yovchi moddaning yuqori darajada bog‘lanishini ta’minlovchi, ikkilamchi xomashyodan hamda ishlab chiqarish oqava suvlaridan olingan oqsillar bilan modifikatsiyalash usuli ishlab chiqilgan;
paxta tolali matolarni tabiiy xossalarini saqlanishini ta’minlovchi, maxalliy kimyoviy moddalar asosidagi yakuniy pardozlashning maqbul texnologik tartibi va tarkibi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
paxta tolali matolarni o‘yuvchi natriy asosida modifikatsiyalash texnologiyasi “URGANCH BAHMAL” MChJ da amaliyotga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 28 sentyabr №04/25-2733 sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik materialining mustaxkamlik xossasini 64,3 dan 67,5% gacha va ularni bo‘yashda bo‘yovchi moddadan foydalanish darajasini 11,8 dan 13,1% gacha yaxshilash imkoni yaratilgan;
paxta tolali matolarni yakuniy pardozlash tartibi «TASHTIB-TEX» MChJda va tarkibi «Cotton Road» QKda amaliyotga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 28 sentyabr №04/25-2733 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsion xossalari yaxshilangan appretlangan mato ishlab chiqarish imkoni yaratilgan, xususan maxalliy preparatlar asosida yangi appret tarkibini qo‘llash orqali matoning kirishuvchanligi 81,25% ga, appretlashdan keyingi qattiqligi esa 21,1% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish