Sayt test rejimida ishlamoqda

Nu’monov Baxtiyorjon Omonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fosfogips konversiyasi asosida birlamchi fosforli va kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2237.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich, texnika fanlari doktori; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fosfogipsni ammiakli konversiyasi asosida birlamchi fosforli va kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfogipsning fosfor kislotasidagi ammiakli konversiyalashning maqbul sharoitlarida (S:Q = 2,5:1, rN=7,5, t = 50oS, τ = 120 daqiqa) kal`siy sul`fatning 99-99,5% konversiyalanish darajasi aniqlangan;
fosforkislotali gipsli bo‘tqani chuqur ammoniylashtirishda di- va trikal`siyfosfat, magniy fosfati, uchlamchi oksidlar va kompleks tuzlardan tashkil topgan presipitatning tuzli tarkibi aniqlangan;
ammoniy nitrati va kaliy xloridi ishtirokida fosforkislotali gipsli bo‘tqani rN=5,25 ko‘rsatkichda ammiakli konversiyalash yo‘li bilan NP- va NPK-o‘g‘itlarning tarkibini ishlab chiqishda gipsni to‘liq konversiyasi (99,6%) isbotlangan;
fosfogips hajmini kamaytirish hamda o‘g‘itli presipitat, SKO‘, muvozanatlashgan NP- va NPK-o‘g‘itlar kabi mineral o‘g‘itlar olishga imkon beradigan texnologiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chiqindi fosfogipsdan o‘g‘itli presipitat, SKO‘ va sul`foammofos olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosforkislotali gipsli bo‘tqani ammiakli konversiyalash yo‘li bilan o‘g‘itli presipitat va suyuq o‘g‘it olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 10 sentyabrdagi 88-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir vaqtning o‘zida fosfogips hajmini kamaytirish orqali sul`fat kislotasi sarfi me’yorini 30% ga kamaytirish imkonini bergan;
fosfogipsni diammofos bo‘tqasi bilan konversiyalash asosida o‘g‘itli presipitat va sul`foammofos olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 10 sentyabrdagi 88-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarishiga chiqindini jalb qilish orqali ular assortimentini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish