Sayt test rejimida ishlamoqda

Ganiev Pirnazar Xudoynazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Angren qo‘ng‘ir ko‘miri bazasida murakkab gumatlar va guminli o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1915.
Ilmiy rahbar: Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Turdialiev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oksidlangan qo‘ng‘ir ko‘mir, Markaziy Qizilqum fosforitlari, karbamid suyuqlanmasi asosida guminli oddiy superfosfat, guminli, gumatli karbamid va gumatlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sul`fat kislotada qayta ishlangan fosforit xom ashyosi maxsulotini oksidlangan ko‘mir ishtirokida ammonizatsiyalaganda o‘simliklar uchun o‘zlashuvchan shakldagi fosfor miqdorini ortishi aniqlangan;   
guminli oddiy superfosfot olishda sul`fat kislotaning maqbul me’yori, shuningdek oksidlangan ko‘mir : fosforit massa nisbati aniqlangan;
guminli karbamid olish jarayonida karbamid suyuqlanmasi tarkibidagi erkin ammiakni oksidlangan ko‘mirga bog‘lanishi xisobiga, tayyor maxsulotdan atmosferaga ammiak ajralib chiqishini to‘xtatish imkoniyati asoslangan;  
guminli va gumatli karbamid olish jarayonida karbamid suyuqlanmasi va oksidlangan ko‘mir maxsulotlari massa nisbatlariga bog‘liq ravishda guminli va gumatli karbamidning asosiy kimyoviy, fizik-kimyoviy va texnologik tavsiflarini o‘zgarishi asoslangan;
oksidlangan ko‘mir maxsulotlari karbamid, sul`fat ammoniy, ammoniy nitrati, tozalangan va ammonilashtirilgan ekstraksion fosfor kislotasi asosida NPK i NPKS murakkab gumatlar olishning maqbul tarkibi ishlab chiqildi, shuningdek gumatlarni tarkib va xossalarini (tuyingan bug‘ bosimi, zichligi, qovushqoqligi, kristallanish xarorati) o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
guminli oddiy superfosfat, guminli va gumatli karbamid, murakkab gumatlar olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oksidlangan qo‘ng‘ir ko‘mir maxsulotlari, sul`fat kislotada parchalangan fosforit, karbamid suyuqlanmasi asosida guminli oddiy superfosfat, guminli va gumatli karbamid va murakkab gumatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Qizilqum fosforitlarini sul`fat kislotada parchalash va nordon superfosfat massasini ammonizatsiyalash va quritib donalashtirishdan oldin oksidlangan ko‘mir qo‘shish yo‘li bilan guminli oddiy superfosfat olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 16 noyabr 2021 yildagi 218-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fat kislota sarfini kamaytirish va agrokimyoviy samarador guminli oddiy superfosfat olish imkonini bergan;
oksidlangan ko‘mir maxsulotlari karbamid, sul`fat ammoniy, ammoniy nitrati, tozalangan va ammonilashtirilgan ekstraksion fosfor kislotasi asosida NPK i NPKS murakkab gumatlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 16 noyabr 2021 yildagi 218-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali suyuq o‘g‘it sifatida va stimuliyator sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan gumatlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish