Sayt test rejimida ishlamoqda

Shog‘ofurov Shaxbozjon Shokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/T1987.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbanali Madaminovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent    Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan gigienik xususiyatlari yaxshilangan, ichki va jahon bozori talablariga javob beruvchi, raqobatbardosh, hom ashyo sarfi kam bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori deformatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda yassi ignadonli trikotaj mashinalarida mavjud usuldan farqli ravishda, halqalarni ko‘chirish hamda halqalarni tenglashtirish orqali aralash va naqshli trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentlari olingan;
trikotaj to‘qimasidagi naqshlarning o‘zgarishi trikotajning texnologik ko‘rsatkichlariga ya’ni halqa qadami va halqa balandligi o‘zgarishi hamda deformatsiyalanish xususiyatlariga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
trikotaj to‘quv mashinasida arqoq ipini yo‘naltiruvchi qurilmasi mavjud yo‘naltirgichlardan farqli o‘laroq ilgarilanma qaytma xarakat qilishi bilan farqlanishi natijada ipni trikotaj mashinaga sifatli ta’minlash amalga oshirilgan;
ko‘p omilli rejali eksperimentlar natijalari asosida naqshli trikotaj to‘qimasiga yassi ignadonli mashinaning parametrlarini ta’siri tahlil qilingan va ishchi qismlarining optimal parametrlari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarning yangi namunalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aralash va naqshli trikotaj to‘qimalarini iqtisodiy samaradorligi va sifati yuqori bo‘lgan namuna variantlarini “DILHAN TEX” MChJ trikotaj korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 16 noyabrdagi №03/25-3177-sonli ma’lumotnomasi). Korxonada ishlab chiqarish natijasida yangi namuna variantlaridan 18,6 va 26 % xom ashyo sarfini kamaytirishga erishilgan;
shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini «MOVIY KOHUNUR» MChJ trikotaj korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 15 noyabrdagi №03/25-3177-sonli ma’lumotnomasi). Arqoqli trikotaj to‘qimasining xajm zichligini kamayishi hisobiga, xom ashyo sarfi 18 % ga kamaytirishga erishilgan;
trikotaj to‘quv mashinalarida arqoq ipini yo‘naltiruvchi qurilmani «UDM» MChJ korxonasiga joriy etilgan. Natijada sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xom ashyo sarfini 22 va 27 % gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan(«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 15 noyabrdagi №03/25-3177-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish