Jabborov Ismoil Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Psi67.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Halimbaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini empirik jihatdan asoslash hamda ularni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er-xotinning maishiy-xo‘jalik yuritish, ota-ona tarbiyachilik, ijtimoiy faollik, emotsional-psixoterapevtik va tashqi jozibadorlik funksional munosabatlariga xos shaxsiy sifatlarning psixologik mosligi nikohdan kutilgan natijalar o‘zaro muloqot ta’sirida tushunarli va aniq bo‘lishi sababli er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning yetakchi ijtimoiy-psixologik qadriyatlari ekanligi isbotlangan;
er-xotin munosabatlarida shaxslararo munosabat, individual va ijtimoiy turmush tartibi, sog‘lom turmush tarzi profilaktikasi kabi ijtimoiy-psixologik jihatlarni takomillashtirishda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan oilaviy qadriyatlar tarixiylik va davriylik xususiyat kasb etishi tufayli oilada psixologik muvofiqlik ta’minlanishi dalillangan;
oilada er-xotinning o‘zaro ijobiy munosabatlarida oila boshlig‘i erkaklarda irodaviy sifatlarning ustunligi sababli o‘ziga ishonch, mustaqillik, tirishqoqlik, qat’iylik, faollik, uzoqni ko‘ra bilish kabi psixologik xususiyatlar, ayollarda esa oilaviy qadriyat sifatlarining ustunligi sababli sabr-toqatli, e’tiborli, tejamkor, bo‘ysunuvchan, sadoqatli, hayoli va iboli bo‘lishlari kabi psixologik xususiyatlar ustuvor omillar sifatida gavdalanishi aniqlangan;
er-xotinning oilaviy rollari, qadriyatlari va ustanovkalaridagi fe’l atvorning mos kelmasligi, farzandsizlik, oila byudjetini oqilona boshqara olmaslik, sevgi va mehr-muhabbatning etarli emasligi kabi nomuvofiqliklar oilada er-xotinning faqatgina o‘z ehtiyojlari uchun hayot kechirishga undovchi salbiy emotsional muhitni shakllantirishi aniqlanib, ular oilaviy nizolarni keltirib chiqaruvchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er-xotinning oilaviy rollari, qadriyatlari va ustanovkalaridagi psixologik nomuvofiqliklar hamda oilada ijobiy emotsional muhitni shakllantirishga e’tiborsizlik tufayli oilaviy nizolarni keltirib chiqaruvchi er-xotin fe’l-atvorining mos kelmasligi, farzandsizlik, oila byudjetini oqilona boshqara olmaslik, sevgi va mehr-muhabbatning etarli emasligi kabi muhim ijtimoiy-psixologik omillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7d-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy oilalarda oilaviy nizolarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillarni aniqlaydigan va uni oldini olishga xizmat qiladigan ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
bugungi kun oilasidagi shaxslararo munosabatning empirik tahlili asosida er-xotinning maishiy-xo‘jalik yuritishi, ota-ona tarbiyachilik, ijtimoiy faollik, emotsional-psixoterapevtik funksiyalari hamda shaxsiy sifatlariga ko‘ra psixologik mosligi va tashqi jozibadorlik qadriyatlari er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning asosiy ijtimoiy-psixologik omillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7d-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
zamonaviy oiladagi er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning milliy psixologik dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda oilaning nikoholdi, oila va qaynona-qaynotalik munosabat bosqichlari bo‘yicha nikoh ishtirokchilarinig funksional-rolli tuzilmasi, oilaning psixologik salomatligi, ota-onalik vazifalari, oila haqida axborotlar tuzilmasi (genogrammasi) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7d-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy oilaning rivojlanishida uning markazida turuvchi er-xotinning o‘zaro munosabatlari muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
er-xotin munosabatining oilaviy qadriyatlar, oiladagi shaxslararo munosabat, oiladagi individual va ijtimoiy turmush tartibi, sog‘lom turmush tarzi profilaktikasi kabi ijtimoiy-psixologik komponentlari zamonaviy oilada turmush o‘rtoq bilan rafiqa o‘zaro munosabatlari muvofiqligini ta’minlashi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7d-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish, oilada ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.