Xoshimov Sardorbek Ne’matjon o‘g‘li
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlarinini loyqa cho‘kindilardan tozalash usulini takomillashtirish (Chortoq suv ombori misolida)”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2162.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xamitxon, texnika fanlari doktori, professor, Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mavsumiy boshqariluvchi suv omborlarida suv ombori kosasidagi suv hajmining o‘zgaruvchanligini inobatga olib loyqa cho‘kindilardan tozalash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlari foydali hajmining o‘zgarishini aniqlash usuli suv omborlaridagi loyqa cho‘kindilarni fraksion tarkibini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
tabiiy dala sharoitida olib borilgan tadqiqotlar asosida suv omboridagi loyqalikni fraksiyalarga ajratib boshqarishning gidravlik modeli ishlab chiqilgan;
suv ombori kosasidan chiqayotgan oqiziqlar miqdorini hisoblash usuli suv sathining o‘zgaruvchanlini inobatga olib takomillashtirilgan;
mavsumiy suv omborlarini loyqa cho‘kindilardan gidravlik tozalash usuli yil davomida suv hajmining o‘zgaruvchanligini, hamda oqim potensial energiyasini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv omborlarini loyqa cho‘kindilardan tozalash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv omborida suv balansini tashkil etuvchi omillarni hisobga olgan holda zamonaviy o‘lchov vositalaridan foydalanib foydali hajmini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etishga tavsiya etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi GH02402647-son ma’lumotnomasi). Natijada loyqa cho‘kindilarni miqdorini aniq baholash va suv ombori foydali hajmini oshirish imkoniyati yaratilgan;
suv omborlarida loyqa cho‘kindilarning fraksion tarkibini inobatga olib loyqalanish jarayonlarini kamaytirish qurilmasining konstruktiv parametrlarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etishga tavsiya etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi GH02402647-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlarini loyqa bosishdan himoyalash hamda suv omboridagi loyqalikni fraksiyalarga ajratib boshqarish imkoniyati yaratilgan;
suv omborlarini loyqa cho‘kindilardan tozalash va foydali hajmni oshirishda suv satxi o‘zgaruvchanligini inobatga olib takomillashgan suv osti gidroelevatori va hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etishga tavsiya etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi GH02402647-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborini loyqalikdan tozalash jarayonida oqim potensial energiyasidan foydalanish hisobiga tashqaridan qo‘shimcha energiya talab etilmaydi, bu esa suv omborlarini loyqalikdan tozalashda sarflanadigan resurslarni iqtisod bo‘lishiga hizmat qiladi.