Maxkamov Bunyodjon G‘anijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Poliakrilonitril va vermikulit asosida ionitlar olinishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K211.
Ilmiy rahbar: Gafurova Dilfuza Anvarovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Rustamov Maxammasidik Kukanbaevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poliakrilonitril va vermikulit asosida kompozision materialdan ionit olish hamda uning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor poliakrilonitril va vermikulit asosida polimer kompozision materiallar olingan;
ilk bor polimer-kompozision materiallar asosida anionalmashuvchi sorbent olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
modifikatsiyalanish jarayoni poliakrilonitril-vermikulit kompozisiyasining g‘ovakli strukturasiga bog‘liqligi hamda geterogen jarayonlar kinetikasi qonuniyatlariga bo‘ysunishi isbotlangan;
sintez qilingan ionitga mis (II) va nikel` (II) ionlarining yutilishini fizik-kimyoviy usullar bilan tadqiq qilish natijasida yutilish jarayoni ion almashish bilan bir qatorda xelatlanish hisobiga ham borishi aniqlangan;
rentgenofluoressent analiz natijalari asosida mis (II) va nikel` (II) ionlarining polimer kompozision ionitga yutilishi vermikulitga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo poliakrilonitril va vermikulit asosidagi yangi ionitlarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usul «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ amaliyotiga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 27 apreldagi 695/SK-04 ma’lumotnomasi). Natijada atrof muhit ob’ektlari va texnologik eritmalardan mis (II) ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan;
polimer kompozision ionit «Farg‘onayog‘moy» AJda amaliyotiga joriy etilgan («Farg‘onayog‘moy» AJning 2021 yil 27 yanvardagi 01/44-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik suvlar tarkibidagi mis (II) ionlari konsentrlash va 99,75 – 99,95% gacha ajratib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish