Odilov Akmaljon Odilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kapital bozori orqali iqtisodiyotga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1311.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Komolov Odil Sayfiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital bozori orqali iqtisodiyotga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiylashtirish jarayonlarini asosan mahalliy kapital bozorida amalga oshirish maqsadida chet elda listingni faqat qo‘shaloq listing (dual listing) bilan ruxsat etish taklif etilgan;
birjaviy investisiya fondlari (Exchange traded funds)ni oltinga bog‘lash orqali (Gold ETF) emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruv jarayonini optimallashtirish taklif etilgan;
fond bozori ishtirokchilari tarkibini kengaytirish va respublika iqtisodiyotiga bo‘sh mablag‘larni jalb qilishga erishish maqsadida korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun ta’minot talabini bekor qilishni joriy etish taklif etilgan;
fond bozori ishtirokchilari tarkibini kengaytirish maqsadida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan birjaviy obligatsiyalar (commercial paper) savdosini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kapital bozori orqali iqtisodiyotga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasini jadal rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosan maxalliy kapital bozorida amalga oshirish, respublikaga xorijiy investorlarni jalb qilgan xolda, chet elda listingni faqat qo‘shaloq listing (dual listing) bilan ruxsat etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6207-son farmonida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 07/45-46-02-46-02-03-32/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif asosida kompaniyalarning bozorga kirishga tayyorligi, narx-navo siyosatini qo‘llash orqali xususiylashtirish uchun eng yaxshi kompaniyalarni tanlash, shuningdek, aksiyalarni ommaviy taklif qilishda yagona narxlanish kabi yondashuvlar orqali amalga oshirilgan;
xalqaro tajribada muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan birjaviy investisiya fondlari (Exchange traded funds) kabi moliyaviy vositalarni oltinga bog‘lash orqali (Gold ETF) joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6207-son farmonida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 07/45-46-02-46-02-03-32/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqoridagi taklifga asosan xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlardan foydalanish orqali emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruv jarayoni optimallashtirishga erishilgan;
fond bozori ishtirokchilari tarkibini kengaytirish va respublika iqtisodiyotiga bo‘sh mablag‘larni jalb qilishga erishish maqsadida korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun ta’minot talabini bekor qilishni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi. Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi «Kapital bozori orqali iqtisodiyotga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘llari» PF-6207-son farmonida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 07/45-46-02-46-02-03-32/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha auksionlar o‘tkazish grafigi ishlab chiqilib Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublika Valyuta Birjasi veb-saytlarida e’lon qilingan;
zamonaviy moliyaviy instrumentni amaliyotga joriy etish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan birjaviy obligatsiyalar (commercial paper) savdosini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6207-son farmonida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 07/45-46-02-46-02-03-32/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 15 iyunda muhokama qilindi. Ushbu qonun loyihasida «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga «birja obligatsiyasi» tushunchasi kiritilgan.