Tillaeva Barno Ramizitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Sanoat korxonalari investision salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish»,08.00.03 – «Sanoat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4 PhD/Iqt647.
Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iktisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidasror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoati korxonalarining investision salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyoviy mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishning investision salohiyati tarkibining (moliyaviy, moddiy-resurs, innovatsion, intellektual...) o‘zaro bog‘liqligi sharoitida o‘sish nuqtasi sifatida innovatsion salohiyatni belgilashning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kimyo sanoati sohasida ichki bozorni himoya qilish, mahsulotlar jadal eksportining rivojlantirish negizida «Global Eksportchi» g‘oyasiga asoslangan holda soha investision salohiyatini rivojlantirish starategiyasining maqbul ssenariysi ishlab chiqilgan;
kimyo sanoati korxonalari, xususan «Dexkonobod kaliy zavodi»ning investision salohiyat samaradorligiga yondashuv investision salohiyat o‘sish zahiralari, jumladan moliyaviy, moddiy, innovatsion resurs va inson agregatlarining muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
«Dexkonobod kaliy zavodi»da ishlab chiqarish aylanmasiga kiritilmagan imkoniyatlarni ishga tushirish hisobiga investision salohiyatni 10%ga oshirish imkoniyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sanoat korxonalari investision salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
kimyoviy mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishning investision salohiyati qismlarining (moliyaviy, moddiy-resurs, innovatsion, intellektual) o‘zaro bog‘liqligi o‘sish nuqtasi sifatida innovatsion salohiyatni belgilashning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar «O‘zkimyosanoat» AJ faoliyatiga, jumladan «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ faoliyatida foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 oktyabrdagi 24-4008-son hamda «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining 2020 3 sentyabrdagi 04-023/2639-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni qo‘llash natijasida «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning investision salohiyatining tarkibiy qismlari va ularni amal qilishining asosiy mexanizmlarini aniqlash imkoni takomillashtirilgan;
kimyo sanoati sohasida ichki bozorni himoya qilish, mahsulotlar jadal eksportining rivojlantirish negizida «Global Eksportchi» g‘oyasiga asoslangan holda soha investision salohiyatini rivojlantirish starategiyasi bo‘yicha takliflar «O‘zkimyosanoat» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 oktyabrdagi 24-4008-son ma’lumotnomasi). Takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida kimyo sanoati korxonalari investision salohiyatni rivojlantirishning maqbul strategiyasini ishlab chiqishda mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
kimyo sanoati korxonalarining investision salohiyat samaradorligiga yondashuv investision salohiyat o‘sish zahiralari, jumladan moliyaviy, moddiy, innovatsion resurs va inson agregatlarining muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zkimyosanoat» AJ amaliyotida qo‘llanilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining  2020 yil 20 oktyabrdagi 24-4008-son hamda «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining  2020 yil 3 sentyabrdagi 04-023/2639-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amaliyotga tadbiq etilishi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ investision salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarish aylanmasiga jalb qilish imkonini kengaytirgan;
ishlab chiqarish aylanmasiga kiritilmagan imkoniyatlarni ishga tushirish hisobiga investision salohiyatni oshirish bo‘yicha takliflar «Dexkonobod kaliy zavodi» foaliyatiga qo‘llanilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 oktyabrdagi 24-4008-son hamda «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining  2020 yil 3 sentyabrdagi 04-023/2639-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning investision salohiyatini 10% ga oshirish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish