Isanova Shoira To‘lqinovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda metabolik sindromning klinik - nevrologik va vegetativ o‘zgarishlari» , 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1425.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Xaydarova Dil`dora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda metabolik sindromdagi klinik - nevrologik va vegetativ o‘zgarishlarni aniqlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda metabolik sindromning klinik nevrologik va vegetativ
o‘zgarishlariga bo‘lgan ta’sirining neyrofiziologik, instrumental, klinik - laborator va kognitiv buzilishlarning tashhislash o‘rni asoslangan;
o‘smirlarda metabolik sindromdagi metabolik aktiv va metabolik noaktiv semizlikda kuzatiladigan nevrologik o‘zgarishlarning funksional holati asoslangan;
o‘smirlarda metabolik o‘zgarishlarga hamrox kuzatiladigan ferritin
almashinuvi buzilishi va kognitiv o‘zgarishlarning noto‘g‘ri proporsional bog‘liqligining ahamiyati isbotlangan;
o‘smirlarda metabolik o‘zgarishlarda rivojlanadigan kognitiv va vegetativ o‘zgarishlarni korreksiyalashda antioksidant terapiya va transkranial magnit terapiya samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda metabolik o‘zgarishlar natijasida kuzatiladigan klinik-
nevrologik, vegetativ va diqqat o‘zgarishlarini baholash va tasdiqlashni takomillashtirish yo‘lida olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda semizlikdagi nevrologik va vegetativ o‘zgarishlarni
o‘ziga xos xususiyatlarini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘smirlarda semizlikdagi vegetativ o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 martdagi 8n-r/267 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma umumiy amaliyot shifokorlari, endokrinolog va o‘smirlar nevrologlariga mos bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv nevrologik, vegetativ o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tashhislash, shuningdek, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, hamda to‘g‘ri davolash yo‘nalishini tanlash imkonini bergan.
o‘smirlarda metabolik o‘zgarishlardagi nevrologik va neyro
psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘smirlarda metabolik sindromni neyro- psixologik tashhislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilib,tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 martdagi 8 n-r/256 son ma’lumotnomasi). Bunga asosan sub’ektiv va ob’ektiv nevrologik ,neyro - psixologik o‘zgarishlarni tashhislash va
baholash, shuningdek diqqat buzilishlarini o‘z vaqtida o‘rganilib, to‘g‘ri
davolash yo‘nalishini tanlash imkonini bergan.
o‘smirlarda metabolik sindromdagi klinik nevrologik ,vegetativ va
ruhiy o‘zgarishlarni o‘ziga xos xususiyatlarini baholashni takomillashtirish maqsadida olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand Davlat tibbiyot instituti II klinikasi va Samarqand viloyati bolalarlar ko‘p tarmoqli tibbiy markaz amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga kiritilishi bo‘yicha berilgan 2021 yil 07 avgustdagi 8-n–z\276-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi semizlik bilan bo‘lgan bemorlarni olib borish algoritmi, qabul qilinadigan dorivor vositalarni miqdorini kamaytirish, hamda bemorlarni despansirizatsiya vaqtini kamaytirish imkonini beradi.