Xonkeldieva Komilaxon Ravshanjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati klasterlari faoliyatida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1457.
Ilmiy rahbar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iktisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrad Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: To‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati klasterlari faoliyatida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati klasterlari va boshqaruv jarayoni samaradorligini oshirishda sohaga investisiyalar kiritish evaziga mahalliy sanoat korxonalari, tadbirkorlar kapital qo‘yilmalari va davlat maqsadli dasturlari optimal tarkibi ( , )ni hisobga olgan holda oshirish asoslangan;
to‘qimachilik klasteri tizimini uzoq muddatli davrdagi raqobatbardoshligining integral boshqaruv indeks qiymatlarini «mutloq yuqori» (10), «yuqori» (6,09-8,09), «o‘rtacha» (3-5,68), «past» (3-5,01) va «eng past» (1-3) - chegarasidagi mezonlari orqali baholash asoslangan;
to‘qimachilik korxonalariga yangi texnologiyalarni ustuvor qo‘llash, tashqi bozorlarga chiqish va jamoaviy marketing loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari natijadorligini ta’minlashda soha sanoati klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini izchil davom ettirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Fergana Oseana» MChJ va «Baxodir Log’on Tekstil» MChJda kapital qo‘yilmalar va boshqaruv faoliyati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish va kapital qo‘yilmalar hajmini muqobillashtirish asosida ishlab chiqarishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati klasterlari faoliyatida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoati klasterlari va boshqaruv jarayoni samaradorligini oshirishda sohaga investisiyalar kiritish evaziga mahalliy sanoat korxonalari, tadbirkorlar kapital qo‘yilmalari va davlat maqsadli dasturlari optimal tarkibini hisobga olgan holda amalga oshirish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 noyabrdagi 04/06-3055-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi «Fergana global textile» MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri diskontlashtirilgan qiymatlar asosida loyihaning investisiya rentabelligi darajasi investisiya davri uchun 133% ga va o‘rtacha yillik investisiya rentabelligi darajasi 26,6 % ga ortgan;
to‘qimachilik klasteri tizimini uzoq muddatli davrdagi raqobatbardoshligining integral boshqaruv indeks qiymatlarini «mutloq yuqori», «yuqori», «o‘rtacha», «past» va «eng past» chegarasidagi mezonlari bilan baholash bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining uslubiy faoliyatiga («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 noyabrdagi 04/06-3055-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qisqa va uzoq muddatli davrlarda xususiy hamda integral boshqaruv indeks qiymatlari ta’sirining kiritilishi bilan raqobatbardoshlikni baholash samaradorligi 15-17 %ga ortgan;
to‘qimachilik korxonalariga yangi texnologiyalarni ustuvor qo‘llash, tashqi bozorlarga chiqish va jamoaviy marketing loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari natijadorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 noyabrdagi 04/06-3055-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori to‘qimachilik sanoati salohiyatiga ega hududlarda mavjud nisbiy ustunliklar negizida klasterlar dominantligi yo‘nalishlari va soha texnologik ta’minoti bo‘yicha iqtisodiy-texnologik chora-tadbirlarning aniqlik darajasini ortishiga xizmat qilgan;
kapital qo‘yilmalar va boshqaruv faoliyati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish va kapital qo‘yilmalar hajmini muqobillashtirish asosida ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlaridan «Fergana Oseana» MChJ va «Baxodir Log’on Tekstil» MChJ rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 noyabrdagi 04/06-3055-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqorida keltirilgan korxonalar faoliyati boshqaruv samaradorligini oshirish, rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish aniqligini 8-12 %ga ortishiga olib kelgan.