Aytimbetov Nurmuxammed Zaxaratdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fizikadan laboratoriya ishlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish metodikasi (oliy ta’lim muassasalari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1020.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida fizikadan laboratoriya ishlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning bilish faolligi, analitik va ijodiy fikrlashini rivojlantirishning mexanizmlari fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarida fanlar integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, faoliyatga doir tadqiqotchilik salohiyatini fizik esperimental faoliyat tarkibiga kiritish orqali takomillashtirilgan;
fizikadan laboratoriya ishlarining mazmuni tarkibi talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tabiat hodisalarini (tebranishlar, kimyoviy jarayonlar, atom effektlari) kuzatish va tajriba o‘tkazish jarayonlari orqali olgan bilimlarini tahlil qilish, sintez va qiyoslash asosida takomillashtirilgan;
mexanik va molekulyar hodisalar, optik effektlar, yadrodagi elementar zarralarni kompyuter texnologiyalari vositasida modellashtirishga oid ishlanmalarni o‘quv jarayoniga kiritish asosida talabalarning ilmiy tasavvurlarini samarali kengaytirish mumkinligi asoslangan;
metodik tizim modeli talabalarda fizikadan eksperimental bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish, eksperimental masalalarni echish va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borish jarayonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikadan laboratoriya ishlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning bilish faolligi, analitik va ijodiy fikrlashini rivojlantirishning mexanizmlari fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarida fanlar integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, faoliyatga doir tadqiqotchilik salohiyatini fizik esperimantal faoliyatga tadbiq etish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan fizikadan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-287-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar fizika ta’limida ilmiy-nazariy ma’lumotlardan keng foydalanish, o‘quv-metodik, dasturiy-didaktik ta’minot hamda laboratoriya ishlarini bajarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fizikadan laboratoriya ishlarining mazmuni talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tabiat hodisalarini (tebranishlar, kimyoviy jarayonlar, atom effektlari) kuzatish, tajriba o‘tkazish va kichik tadqiqot ishlarini tashkil etish orqali olgan bilimlarini tahlil qilish, sintez va qiyoslash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan YoA5-XT-1-31884 raqamli «Innovasion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari» (2014-2015 yy.)  mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 89-03-2400-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan ilmiy-metodik ishlanmalar orqali ta’limning elektron-metodik ta’minotini yaxshilash, o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarishga oid ishlanmalarni yaratish, mashg‘ulotlarni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan;
fizikadan eksperimental foliyatga o‘rgatish uchun metodik tizim modeli talabalarda fizikadan eksperimental bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish, eksperimental masalalarni echish va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borish asosida takomillashtirishga doir takliflardan OT-F-2-77 raqamli «Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichli asboblarning ishonchligini bashorat qilishni takomillashtirish usuli» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 89-03-2400-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar (talabalar) kasbiy kompetensiyalari darajasini rivojlantirish orqali laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish