Xo‘jaqulova Nilufar Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sho‘r tuproqli sharoitlarda etishtirilgan bug‘doy donining texnologik xossalarini o‘rganish (Buxoro viloyati misolida)», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T665.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Rafiq Amonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.101.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Karim Karshievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘r tuproqli sharoitlarida etishtirilgan bug‘doy donining texnologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlangan va quruq iqlimda etishtirilgan mahalliy nav bug‘doy donida ilk bor oqsillarning shakllanishini aniqlangan;
unning biologik qiymatini oshirishning texnologik echimlari ilmiy asoslangan;
oqsillar, vitaminlar, mikro-makroelementlar tarkibini aniqlash asosida unning yuqori ozuqaviy qiymati aniqlangan;  
birinchi navli bug‘doy uni va ozuqa unidan ilk bor kompozision unning optimal tarkibi aniqlangan;
non va un mahsulotlari sifatini o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sho‘r tuproqli maydonlarda etishtirilgan bug‘doy donlarining texnologik xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli xil sho‘rlanish darajasiga ega bo‘lgan  er maydonlarida va unumdor erlarda etishtirilgan bug‘doy donlarining aralashmalari asosida un ishlab chiqarish texnologiyasi “Qorako‘ldonmahsulotlari” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZDONMAXSULOT” AKning 2021 yil 17 fevraldagi 6-1-2/46-257-son ma’lumotnomasi). Natijada, sifatli un ishlab chiqarish hajmini 1,0-1,5 % ga oshirish imkonini bergan;
bug‘doy doni va uni qayta ishlash natijasida tayyorlangan mahsulotlarning texnologik sifat va fizik-kimyoviy tasniflariga ta’sir etuvchi asosiy omillar “Qorako‘ldonmahsulotlari” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZDONMAXSULOT” AKning 2021 yil 17 fevraldagi 6-1-2/46-257-son ma’lumotnomasi). Natijada,  non va nonvoychilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish