Abduraxmanova Saida Sabidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fenilatsetilen va ayrim al`degidlar asosida atsetilen spirtlari katalitik sintezi texnologiyasi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K187.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turg‘unov Erxon, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli katalitik sistemalar yordamida atsetilen spirtlari, ularni vinil efirlari sintezi va texnologiyasini ishlab chiqish, sintez qilingan birikmalarning qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sn(OTf)2/NEt3/MeCN, Zn(OTf)2/NEt3/MeCN, ZnEt2/Ti(OiPr)4/PhMe, EtMgBr/Ti(OiPr)4/PhMe, CsOH/NH3/CH3OH kompleks katalitik sistemalar yordamida ilk bor fenilatsetilen va ayrim al`degidlar asosida atsetilen spirtlarini sintez qilish usullari ishlab chiqilgan;
al`degidlarni etinillash reaksiyalarining faollanish energiyalari, kinetik tenglamalari, material balanslari, texnik talablari hisoblangan, reaksiya mexanizmi taklif etilgan, texnologik reglament ishlab chiqilgan;
al`degidlar molekulasidagi radikallar hajmi va sonining mahsulot unumiga ta’siri asosida atsetilen spirtlarining hosil bo‘lish samadorlik qatori, jarayon selektivligi asosida qo‘llanilgan kompleks katalitik sistemalarning nisbiy katalitik faollik qatori ishlab chiqilgan.
ilk bor yuqori asosli katalitik sistemada atsetilen spirtlarini sintez qilish texnologiyasi yaratilgan;
atsetilen spirtlarini alkinlar bilan reaksiyalari asosida vinil efirlarni sintez qilishning gomogen va geterogen katalitik usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Fenilatsetilen va ayrim al`degidlar asosida atsetilen spirtlari katalitik sintezi texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cintez qilingan atsetilen spirtlari neft` mahsulotlari oltingugurtli birikmalarni kompleks hosil qilish orqali tozalovchi ingibitorlar sifatida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2021 yil 30 iyundagi 28-1-01/697-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` tarkibidagi oltingugurtli birikmalar miqdorini 52% gacha kamaytirish imkonini bergan;
cintez qilingan atsetilen spirtlari sanoat oqava suvlari quyqa hosil qiluvchi tuzlariga qarshi ingibitorlar sifatida “Ohangaronsement” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Ohangaronsement” AJning 2020 yil 28 avgustdagi ATS-473-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalari texnologik qurilmalarida qatlam hosil bo‘lishini 89% gacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish