Norbekov Azamat Ostanaqulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kompyuter  ta’minoti  fanini  o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2427.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Raup Axmadovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Qarshi davlat universiteti, PhD/ 03/04.06.2020. Ped 70.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Uzaqov Zair, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Kompyuter ta’minoti» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Kompyuter ta’minoti» fanidan kasbiy kompetensiyalarini   rivojlantirishning motivatsion, struktur, adaptiv bosqichlari bulutli va blokcheyn texnologiyalardan hamda vebga yo‘naltirilgan ta’lim muhitlaridan foydalanish jarayonida grafik, mul`timediali, giper bog‘lanishlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida «Kompyuter ta’minoti» fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari, demo grafik, simulyator, vizual kabi didaktik o‘quv vositalari kreativ kompetentligiga ko‘ra tizimlashtirish, integratsiyalash, moslash, to‘ldirish va  boyitish asosida takomillashtirilgan;
kompyuter qurilmalari (yig‘ish, sozlash)dan, amaliy dasturlardan foydalanish (sozlash, o‘rnatish, o‘chirilgan va buzilgan fayllarni tiklash)ga mo‘ljallangan aralash o‘qitish (Blended learning), internet (online learning) va auditoriya (face-to face learning) ta’limini individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining faolligini oshirish orqali ijodiy qobiliyati, kreativ fikrlashi, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning  kreativ, qisman-izlanishli, produktiv, reproduktiv darajalarini qo‘llash, tahlil  qilish va xulosalash  ko‘rsatgichlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida «Kompyuter ta’minoti» fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar va raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish modellarini rivojlantirish va aralash ta’lim turidan foydalanishga oid  3D formatli vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslar hamda veb-platforma  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida «Kompyuter ta’minoti» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasiga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
«Kompyuter ta’minoti» fanidan kasbiy kompetensiyalarini   rivojlantirishning motivatsion, struktur, adaptiv bosqichlari bulutli va blokcheyn texnologiyalardan hamda vebga yo‘naltirilgan ta’lim muhitlaridan foydalanishni grafik, mul`timediali, giper bog‘lanishlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar «Dasturlash» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-372 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida «Kompyuter ta’minoti» fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari, demo grafik, simulyator, vizual kabi didaktik o‘quv vositalari kreativ kompetentligiga ko‘ra tizimlashtirish, integratsiyalash, moslash, to‘ldirish va  boyitish asosida takomillashtirish hamda kompyuter qurilmalaridan, amaliy dasturlardan foydalanishga mo‘ljallangan aralash o‘qitish, internet va auditoriya ta’limini individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining faolligini oshirish orqali ijodiy qobiliyati, kreativ fikrlashi, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning  kreativ, qisman-izlanishli, produktiv, reproduktiv darajalarini qo‘llash, tahlil va xulosalash  ko‘rsatgichlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflardan XT-F8-025- raqamli «Pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha psixologik-pedagogik diagnostika nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish strategiyasi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 avgustdagi 184/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyati va kreativ fikrlashini rivojlantirishga va pedagoglar kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida «Kompyuter ta’minoti» fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar va raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish modellarini rivojlantirish va aralash ta’lim turidan foydalanishga oid  3D formatli vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslar hamda veb-platforma ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan I-XT-0-19929-raqamli «Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)» mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 avgustdagi 184/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish