Bozorov G‘iyosiddin Sa’dullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muxitida talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2441.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika institutida bajarilgan.
Ilmiy raxbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Aliboev Sobir Xolboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron ta’lim muxitida talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning mantiqiy fikrlashini mantiq elementlaridan foydalanib rivojlantirish metodikasi interaktiv texnologiyalar (interaktiv tahlil metodlari, MultiMedia Logic (MMLogic) va Elektronics Workbench (EWB) dasturlari) asosida takomillashtirilgan va xalqaro baholash tizimlari, bifunksional masalalar yordamida talabalar bilimini baholash darajasi aniqlangan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda mantiq elementlarini o‘qitishning mazmuni malaka talablarini hisobga olgan holda nazariy, ilmiy, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik va texnologik yondashuvlarga asoslangan holda takomillashtirilgan;
talabalarga mantiq elementlarini o‘qitishda o‘qituvchining innovasion yondashuvi, talabalarning mustaqil ishlashga motivasiyasini oshiruvchi metodlar, anglash, qo‘llash, taxlil qilish, xulosalash kabi kreativ yondashuvlarga tayangan holda elektron metodik tizim ishlab chiqilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda mantiq elementlarini qo‘llash vositasi sifatida bifunksional masalalarning o‘rni, mazmuni malaka talablaridagi umumiy va kasbiy kompetensiyalarni xisobga olgan holda aniqlashtirilgan va qo‘llash modeli (maqsad, jarayon, natijaga erishtiruvchi vositalar) texnologik yondashuv (etarli, ishonchli, oddiy va aniq maqsadli, oson boshqarish hamda asosiy muammolarni xal qilish qonuniyatlari kabi tamoyillar)ga asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta`lim muassasalari talabalarining mantiqiy fikrlash mazmunini mantiq elementlaridan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalariga mantiq elementlaridan foydalanib mavzularni o‘qitish mazmuniga bifunksional masalalarni tadbiq etish tamoyillari ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarni kiritish asosida mazmunan takomillashtirishga oid takliflardan “Pedagogika” ta’lim sohasining 5110300–Kimyo o‘qitish metodikasi, 5110400-Biologiya o‘qitish metodikasi, 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarida malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 21 oktyabrdagi 02-07-3099/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mantiq elementlari xaqida tasavvur va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalarni mantiqiy, abstrakt, nostandart fikrlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan mantiq elementlariga oid bifunksional masalalarni tuzish va echish metodikasini joriy etish mexanizmiga oid taklif va tavsiyalar pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5110300–Kimyo o‘qitish metodikasi, 5110400-Biologiya o‘qitish metodikasi, 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Ta’limda axborot texnologiyalari” kursi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 21 oktyabrdagi 02-07-3099/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mantiq elementlari mazmunida va boshqa mavzularni bifunksional masalalar yordamida o‘qitish usullari takomillashtirilgan.