Sadikova Dildora Baxramjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy polimerlarning metall komplekslarini olinishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K195.
Ilmiy rahbar: Rafikov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bekchanov Davronbek Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy polimer-kollagenning metall komplekslarini sintez qilish, xossalarini aniqlash va to‘qimachilik materiallarida qo‘llanishidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollagenning metall ionlari , , , , bilan koordinatsion komplekslarini hosil qilish sharoitlari, mikrostrukturasi, morfologiyasi va kimyoviy formulasi aniqlangan;
kollagen makromolekulasi va metall ioni o‘rtasida koordinatsion va ionli bog‘larning hosil bo‘lishligi, koordinatsion ta’sirlashuvda suv molekulalarining qatnashishligi isbotlangan;
kollagen : boshlang‘ich molyar nisbati o‘zgarishi bilan kompleks tarkibining nomutanosib o‘zgarishligi, konsentratsiyalarning keng diapazonida kompleksning tarkibi 1:2 dan 2:1 nisbatgacha o‘zgarishligi aniqlangan;
kollagenning oraliq metall ionlari bilan komplekslarining polikristall strukturasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kollagen metall komplekslarining olinishi va fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta to‘qimachilik materiallarini bo‘yash uchun kollagenning metall kompleksi asosidagi kompozisiya «Ro‘zmatjon ota» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» uyushmasining 2021 yil 06 sentyabrdagi 04/13-2573-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan kompozisiyani paxta tolali matolar uchun barqaror bo‘yoq sifatida ishlatish imkonini bergan;
aralash tolali to‘qimachilik materiallarini bo‘yash uchun kollagenni , ionlari bilan komplekslari asosidagi kompozisiya «Urganch baxmal» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» uyushmasining 2021 yil 06 sentyabrdagi 04/13-2573-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta-poliefir aralash tolali matolarni yashil va ko‘k ranglarga barqaror bo‘yash imkonini bergan.