Ermetova Nargiza Komil`djanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumta’lim maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2651.
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Ilyosovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikov A’zamjon Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktab rahbarlarining boshqaruv kompetensiyasiga qo‘yiladigan malaka talablari tarkibi ta’lim marketingi natijalari asosida rahbarlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
maktab rahbarlari bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar va malaka tavsiflari o‘quv-tarbiyaviy, kasbiy rivojlanish, personalni marketingga ko‘ra boshqarish va hisoboti, jamoatchilik bo‘yicha boshqaruv faoliyati yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
ta’lim sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi latent omillarni marketing tadqiqotlari orqali aniqlash va ularni maktab boshqaruvi marketing xizmatiga tatbiq etishning samaradorligi isbotlangan;
umumta’lim maktab rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash ta’lim jarayoninida mehnat bozori talablari negizida oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlikni tashkil qilish, istiq-bolli kasbiy reja va samarali boshqaruvni amalga oshirishda maqsadli parametrlarga erishish kabi mezonlari kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
umumta’lim maktab rahbarlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarida ularning boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga oid takliflari «Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari direktorlari va ularning kadrlar zaxirasi uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy» pedagogik texnologiya, dasturi va «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida marketing xizmatlarini tashkil etish» metodik qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-02/3-2445-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktab rahbarlarining «Ta’limda marketing xizmatlarini tashkil etish» modulini o‘qitish yuzasidan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti yaratilgan;
maktab rahbarlari bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar va malaka tavsiflarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-02/3-2445-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlariga qo‘yiladigan talablar asosida «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining kasb standarti» hamda «Xalq ta’limi tizimi bo‘yicha tarmoq malaka ramkasi»ni ishlab chiqishga uslubiy asos yaratgan;
ta’lim sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi latent omillarni marketing tadqiqotlari orqali aniqlash va ularni maktab boshqaruvi marketing xizmatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida marketing xizmatlarini tashkil etish» nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-02/3-2445-son ma’lumotnomasi). Natijada maktablarda tashkil etilgan marketing xizmatlari va mehnat bozori talablarini o‘rganish darajasini baholash, kadrlar bilan ishlash, hamkorlik muhitini yaratish va marketing xizmatlarini boshqarish jarayonlari monitoringini amalga oshirishning uslubiy asoslarini takomilashtirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktab rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi 30 dan ortiq maktab faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-02/3-2445-son ma’lumotnomasi). Umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy marketing yondashuvini qo‘llash Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi 30 dan ortiq maktablarning ta’limiy natijalari samaradorligining oshishiga erishilib, umumta’lim maktablarda marketing xizmatlarini tashkil etish va monitoring qilish» modelidan foydalanish yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratgan.