Uralov Baxtiyor Raxmatullaevichning
fan doktori (DSc) doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nasos stansiyasi mashina kanalining g‘adir budirligini va o‘zan morfometrik elementlarini gidravlik qarshilikga ta’sirini nazariy va eksperimental asoslash», 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.DSc/T407
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarov   Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor, Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor, Xujaev  Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nasos stansiya suv keltiruvchi mashina kanallarida  napor  isrofi kattaligiga  kanalning jonli ko‘ndalang kesimi shaklining ta’sirini hisobga olish usullari va ularning konstruktiv elementlarini takomillashtirishdan  iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nasos stansiyalari suv keltiruvchi mashina kanallarining ekspluatatsion rejimini hisobga olib, oqimning sekin o‘zgaruvchan harakatini ta’minlovchi hisob usuli takomillashtirilgan;
nasos stansiyalarining ekspluatatsiya rejimini yaxshilash uchun suv keltiruvchi mashina kanallar o‘zanining maqbul, optimal parametrlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan; 
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanallari va suv qabul qiluvchi kameralar maqbul parametrlarini tanlash gidravlik hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanalini gidravlik karshiliklarni kamaytirish va aniklash usuli ishlab chiqilgan;
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanalini optimal kundalang kesimini va suv qabul qilish bo‘linmalarini konstruktiv o‘lchamlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
o‘zanda suv oqimi harakatini yorituvchi matematik model` takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasos stansiyaning suv olish kanali va inshootida oqimni tekis taqsimlanishini gidravlik hisoblash  usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanallari takomillashtirilgan konstruksiyasi, oqimni tekis taqsimlanishini ta’minlaydigan Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “SUVLOYINA” loyihalashtirish instituti Andijon viloyati davlat unitar tashkilotida loyihalash jarayoniga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi №04/20-3619-son ma’lumotnomasi). Natijada, chekkadagi nasoslarning suv uzatishini oshirish imkoni yaratilgan, o‘rtadagi nasosning suv uzatish miqdoriga nisbatan 94,3% ga suv uzatish imkoniyati yaratilgan;
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanallari va suv qabul qiluvchi kameralar maqbul parametrlarini tanlash gidravlik hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati nasos stansiyasi va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi №04/20-3619-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv keltiruvchi mashina kanallar va suv qabul qiluvchi kameralar maqbul parametrlarini tanlash xisobiga, gidravlik qarshiliklari kamaygan va harakteristikalari yaxshilangan, ularning oqibatida nasos agregatlarining suv uzatishi 2,7…3,2 % ga, nasos agregatining foydali ish koeffisientining 2,09 % oshishiga imkon yaratilgan;
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanalini gidravlik karshiliklarni kamaytirish va aniklash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Andijon viloyati nasos stansiyasi va energetika boshqarmasiga qarashli “Baxt” nasos stansiyasida joriy kilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi №04/20-3619-son ma’lumotnomasi). Natijada, me’yoriy ishlash rejimi ta’minlanganligi natijasida resurstejamkorlikni  2,1...4,3%  ortishiga imkon yaratilgan; 
nasos stansiyaning suv keltiruvchi mashina kanalini optimal ko‘ndalang kesimini va suv qabul qilish bo‘linmalarini konstruktiv o‘lchamlarini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati nasos stansiyasi va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi №04/20-3619-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv keltiruvchi mashina kanalining va suv qabul qilish bo‘linmalarini gidravlik xarakteristikasini yaxshilash, qurilish va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va chekkadagi nasoslarning suv uzatishini 2,6...3,1 %  ortishiga imkon yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish