To‘raxo‘jaeva Shirinxon Nodir Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olinayotgan qotishma tarkibidagi gaz qo‘shimchalarini kamaytirish orqali strukturani yaxshilash uchun alyuminiy qotishmalarini eritish texnologiyasi va flyus tarkibini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymakorlik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2291 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Ilmiy rahbar: Saydaxmedov Rovshan Xolxodjaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alyuminiy kotishmalarini eritish jarayonida xosil bulgan eritma tarkibida gaz kushimchalarini mikdorini kamaytirishni  ta’minlaydigan flyus tarkibini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy qotishmasini suyuqlantirish uchun uning tarkibida gaz qo‘shimchalarini kamaytirishga xizmat qiladigan flyus tarkibi kimyoviy elementlarning kimyoviy aktivligi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda flyusni qo‘llash texnologiyasi flyus tashkil etuvchilari bilan alyumini y qotishmasining tashkil etuvchilari orasidagi kimyoviy reaksiyalari asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasini himoya flyusi bilan ishlov berishning issiqlik rejimi flyus tashkil etuvchilarining kimyoviy aktivligining o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
gaz qo‘shimchalarning alyuminiy qotishmasigi singishini kamaytirishni ta’minlaydigan flyusni qotishmaga kiritish teexnologiyasi pech atmosferasi bilan suyuq qotishma orasidagi issiqlik almashinuv jarayoni asosida ishlab chiqilgan;
suyuq alyuminiy qotishmasini pech ichida va pechdan tashqari flyus bilan ishlov berish texnologiyasi suyuq qotishmaning fizik holati asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda olinadigan qotishma tarkibidagi gaz qo‘shimchalarni kamaytirish hisobiga strukturani yaxshilash  uchun flyus tarkibini va texnologiyani ishlab chikishda olingan natijalar asosida kuyidagilar ishlab chikildi va ishlab chikarishga joriy etildi:
alyuminiy kotishmalarini eritish uchun flyus tarkibi  «UzAuto-Inzi» MChJ QKga joriy etildi  («UzAuto» AJning 06 sentyabr 2021 yildagi №15/06-25-1565-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida alyuminiy kotishmalari tarkibidagi gaz qo‘shimchalarining miqdori 6-8% ga kamaygan;
alyuminiy kotishmalarini eritish jarayonida flyus yuklash texnologiyasi «UzAuto-Inzi» MChJ QKga joriy etildi  («UzAuto» AJning 06 sentyabr 2021 yildagi №15/06-25-1565-son ma’lumotnomasi). Texnologiyani joriy etish natijasida vodorod gazining eritma tarkibidan chikib ketish tezligi 10-12% ga oshgan;
alyuminiy eritmasini flyus bilan ishlov bernishning termik rejimi «UzAuto-Inzi» MChJ KKga joriy etildi  («UzAuto» AJning 06 sentyabr 2021 yildagi №15/06-25-1565-son ma’lumotnomasi). Termik ishlov berish rejimini joriy etish natijasida kislorod va vodorodning alyuminiy eritmasiga singishi 16-18% ga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish