Bozorov Shavkatjon Tojiddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anorektal rivojlanish nuqsonlari aniqlangan bolalarda preventiv kolostomalar o‘rnatish uchun ko‘rsatmalar va usullarni tanlash», 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1784
Ilmiy rahbar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Jamshed Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori; Ollabergenov Odiljon Tojiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Pediatriya va bolalar xirurgiyasi Ilmiy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anorektal mal`formatsiyasi bo‘lgan bolalarda preventiv kolostomalarni o‘rnatish joyi va usulini tanlash orqali  xirurgik davolash natijalarini samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
parastomal asoratlar rivojlanishini oldini olish maqsadida chiqariluvchi ichakda «gofra» ko‘rinishidagi burmalarni yaratish orqali sun’iy qopqoq hosil bo‘lishi tufayli jarrohlik amaliyoti takomillashtirilgan; 
anorektal malformatsiyaning yuqori shakllarida alohidalangan ikkitalik sigmostomani o‘rnatish hamda uning optimal muddatlarini belgilash natijasida mikrotsirkulyasiya yaxshilanishi kolostomalarning asoratsiz yopilishi isbotlangan; 
anorektal malformatsiyasi bo‘lgan bolalarda preventiv kolostomiya o‘rnatish orqali radikal jarrohlik asoratlarning pasayganligi asoslangan; 
anorektal malformatsiyasi bo‘lgan bolalarda preventiv kolostomiya o‘rnatish usulida mahalliy qon aylanishi yaxshilanishi kasallikni bartaraf qilish muddatlari belgilash orqali davolash tadbirlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. ARM aniqlangan bemor bolalarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
anorektal mal`formatsiyada an’anaviy xirurgik operatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda anorektal mal`formatsiyalarda kolostomiya usulini tanlash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8 n-r/585-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma anorektal mal`formatsiyada jarroxlik muolajasining samaradorligni oshirish imkonini bergan;
bolalarda ARMni jarroxlik usuli ko‘llanilganda preventiv kolostomalarga ko‘rsatmalar va ularni o‘rnatish joyi va usulini tanlash bo‘yicha, xamda jarroxlik muolajasining samaradorligni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,  ToshPTI klinikasi, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 08-07/11350-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi anorektal tug‘ma nuqsonlarni davolashda ishlab chiqilgan stomalash usullarini qo‘llash natijasida operatsiyadan keyingi erta davrda anatomik, shu bilan birga funksional natijalarni 39,4% dan 20% gacha, operatsiyadan keyingi davrda esa asoratlar sonini qariyib 2 barobargacha kamaytirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish